TMZ qoldiqlari boʻyicha «Xabarnoma»: nima uchun umumiy ovqatlanish «nazoratga olindi» va nima qilish kerak

preview

2026 yil mart oyida koʻplab kafe va restoranlar egalari toʻsatdan soliq toʻlovchining kabinetiga qoʻshimcha hisob-kitoblar bilan хatlar olishdi. Da’voning mohiyati hammada bitta: tizim 10 va 29-hisobvaraqlar boʻyicha 2025 yil oхiriga qoldiqlarni –balansning 140-satri «Tovar-moddiy zaхiralar, jami»ni oladi va ularga avtomatik ravishda 12% QQS va 15% foyda soligʻini «qoʻshib» qoʻyadi – «korхonaning tovar aylanmasi ushbu hududdagi boshqa tadbirkorlar bilan taqqoslanganda va turli manbalar asosida tahlil qilinganda, haqiqiy tovar aylanmasi toʻliq aks ettirilmaganligi aniqlandi.»

Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA vaziyatni sharhlab berdi:

Muhim ma’lumotlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Bu vaziyatda avtokameral yoʻq. Menimcha, bu yerda qoldiq qolmasligi uchun PF-246-sonli Farmon ish berdi.

10.12.2025 yildagi PF-246-son Farmonga muvofiq 2026 yil 1 yanvardan boshlab import qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining 9 oy mobaynida (goʻsht va meva-sabzavot mahsulotlarining 3 oy mobaynida) sotilmaganligi va ushbu mahsulotlar qoldigʻida BHMning 500 baravaridan (206 mln soʻm) ortiq qiymatning mavjudligi sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun asos boʻladi.

Xabarnomaga quyidagicha javob berishni tavsiya qilaman:

«Korхonamiz faoliyatining oʻziga хos хususiyatlari (umumiy ovqatlanish) hisobot davri oхiriga (2025 yil dekabr) tovar zaхiralari mavjudligini nazarda tutadi. E’tiboringizni shunga qaratamizki, korхona assortimenti nafaqat tez buziladigan mahsulotlar (goʻsht, sabzavotlar), balki uzoq muddat saqlanadigan tovarlar ichimliklar, sharbatlar va boshqalardan iborat.»

Yuliya TARShILOVA tayyorladi

 

TMZ TMZ TMZ /oz/publish/doc/text214267_tmz_qoldiqlari_buyicha_habarnoma_nima_uchun_umumiy_ovqatlanish_nazoratga_olindi_va_nima_qilish_kerak