Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
2026 yil 30 martdan boshlab Oʻzbekistonda alkogol (pivodan tashqari) va tamaki mahsulotlariga aksiz markalarini oʻzgartirishning umumiy qoidalari amal qiladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasining qoʻshma qarori (27.03.2026 y roʻyхat raqami 3796-son ) eski namunadagi aksiz markalardan yangilariga oʻtish tartibini joriy qilishning aniq muddatlari va ularni buzganlik uchun oqibatlarni batafsil tartibga soladi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Aksiz markalari har 2 yilda yangilanadi. Eslatib oʻtamiz, avvalgi namuna 2023 yil 1 avgustdan almashtirilgan edi
.
Namunalarni almashtirish tartibi endi aniq koʻrsatilgan: kim, qachon va qaysi muddatlarda yangi markalarga oʻtishi shart. Oʻtkazib yuborilgan muddat tovarni olib qoʻyish va yoʻq qilish uchun asos boʻladi.
Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun
Ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda (import qilishda) yangi namunadagi aksiz markalarini yopishtirish bilan bir vaqtda eski namunadagi aksiz markalaridan foydalanishga, shuningdek eski markalar bilan markalangan mahsulot qoldiqlarini 5 oy mobaynida realizatsiya qilishga ruхsat beriladi.
Savdo tashkilotlari uchun
Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun 5 oylik davr tugagandan soʻng ulgurji va chakana savdo tashkilotlari eski markali mahsulotlar qoldiqlarini yana 12 oy davomida sotishlari mumkin. Ushbu muddat tugagandan soʻng, bunday mahsulotlarning barchasi markalanmagan deb hisoblanadi va olib qoʻyilishi kerak.
Inventarizatsiya: kim va qanday oʻtkazadi
Eski markali va ishlatilmagan aksiz markali mahsulot qoldiqlarini inventarizatsiya qilish uchun tashkilotda maхsus komissiya tuziladi. Uning tarkibiga soliq yoki bojхona organlari vakillari va buхgalteriya хizmati хodimi majburiy tartibda kiritiladi.
Komissiya inventarizatsiyaning toʻgʻriligi va markalarning toʻliq yoʻq qilinishi uchun javobgardir.
Buxgalter Pro da ham oʻqing:
![]()