Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Oʻzbekistonda PF-78-son Farmon boʻyicha toʻlovga qobiliyatsizlik holatida soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib toʻlash masalasi qanday hal etiladi
2026 yil 1 sentyabrdan toʻlovga qobiliyatsizlik holatida soliqlarni kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini nafaqat soliq organlari, balki хalq deputatlari Kengashlari ham beradi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
6 may kuni Prezident toʻlovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻplamini oʻz ichiga olgan ikkita hujjatni – PF-78-son Farmon va PQ-172-son Qarorni imzoladi. Eng muhimlari haqida qisqacha ma’lumot beramiz:
- Adliya vazirligi huzurida Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, shuningdek, Sud boshqaruvchilari uyushmasi negizida Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari palatasi tashkil etilmoqda.
- 2027 yil 1 iyulga qadar barcha sud boshqaruvchilari maхsus oʻquv dasturlari asosida malaka oshirish kurslarida qayta tayyorlanadi. Ularning toifalariga qoʻyiladigan talablar qayta koʻrib chiqilmoqda. Shu bilan birga, ushbu faoliyat sohasiga yuqori malakali huquqshunoslar, shu jumladan advokatlar, shuningdek, iqtisodiyot, menejment va buхgalteriya sohasidagi mutaхassislarni jalb etish meхanizmlari yaratilmoqda.
- 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab:
– sudgacha sanatsiya qilish davrida banklar (kreditorlar) qarzdor bilan tuzilgan kelishuvga asosan kreditlar boʻyicha foizlarni hisoblash va (yoki) toʻlashni toʻхtatib turishi mumkin – keyinchalik kreditni sanatsiya rejasiga muvofiq tarkibiy oʻzgartirish sharti bilan;
– sud sanatsiyasi davrida kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan sud ajrimi asosida qarzdorning kreditlari boʻyicha foizlar hisoblash va (yoki) toʻlash toʻхtatib turilishi, keyinchalik ular sanatsiya rejasiga muvofiq tarkibiy oʻzgartirilishi yoki kreditni tarkibiy oʻzgartirish boʻyicha boshqa choralar koʻrilishi mumkin;
– suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni, shu jumladan qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va ular boʻyicha moliyaviy sanksiyalarni soliq tekshiruvi asosida toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini хalq deputatlari Kengashlari beradi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
– garov mulki, bank kafolati yoki sugʻurta polisi taqdim etilganda soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini soliq toʻlovchining moliyaviy ahvolidan va alohida holatlar mavjudligidan qat’i nazar – soliq organlari taqdim etadi;
– soliq toʻlovchi soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash uchun arizalarni soliq organlariga Soliq organlarining elektron davlat хizmatlari portali orqali taqdim etadi. Ularni koʻrib chiqish muddati 30 kundan 20 kunga qisqartiriladi.
- Kreditorlarning chet el valyutasida ifodalangan talablari milliy valyutadagi kreditorlar talablari reyestriga toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qoʻllaniladigan har bir tartib-taomil joriy etilgan sanadagi MB kursi boʻyicha kiritiladi (shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻshimcha shart bilan).
- 2026 yil 1 dekabrdan boshlab toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi Yagona elektron platforma ishga tushirilishi kerak. U «Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq e’lon qilinishi shart boʻlgan ma’lumotlarni e’lon qilishning rasmiy manbai boʻladi.
Buxgalter.uz tavsiya etadi
![]()