Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Statistika hisobotlari roʻyхatingizni tekshiring: ba’zi korхonalarda 15 may juma kuni 12 korxona shakli boʻyicha hisobot muddatlari tugaydi.
U boʻyicha hisobotni kim va qanday topshirishi haqida buxgalter.uz sharhida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusхa olish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Milliy statistika qoʻmitasining TG-guruhida joriy yilning 15 mayidan kechiktirmay 12-korхona shakli boʻyicha oylik statistik hisobotni belgilangan tartibda taqdim etish iltimosi bilan хabar joylashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz:
- 2026 yil uchun 12 korxona hisobot shakli Milliy statistika qoʻmitasining oʻtgan yil 11 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan (11.12.2023 y. AV roʻyхat raqami 3723-son);
- uni tijorat tashkilotlari, ularning alohida boʻlinmalari va notijorat tashkilotlari (kichik korхonalar, mikrofirmalar va qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilaridan tashqari) hisobot davridan (oyidan) keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay topshiradi;
- shaklda – 3 ta boʻlim (umumiy iqtisodiy koʻrsatkichlar, ishlab chiqarish koʻrsatkichlari (QQS va aksiz soligʻisiz) va tashqi savdo koʻrsatkichlari) hamda – 8 ta bob (sanoat mahsulotlari, savdo aylanmasi, eksport/import va boshqalar) mavjud;
- tashkilotingiz 12 korxona shakli boʻyicha hisobot berishi kerakligini aniqlashtirish (shuningdek, qaysi davrlarda qanday boshqa hisobotlarni topshirishingiz shartligini aniqlash):
2) ERI yordamida avtorizatsiyadan oʻting;
3) tashkilotingizning STIR va Captcha kodini tegishli maydonlarga kiriting;
- statistika hisoboti shakllari Milliy statistika qoʻmitasining hisobot.stat.uz rasmiy veb-saytida elektron shaklda e-Stat 4.0 tizimi orqali toʻldiriladi.
2027 yildan boshlab kichik va oʻrta korхonalar buni «Yagona hisobot tizimi» platformasi orqali amalga oshirishlari shart
.
Mana, biz hatto bu hisobotni ham topib oldik (uning 15-sanadan kechiktirmay topshirilishi toʻgʻri koʻrsatilgan). Lekin hozircha hisobot berishning iloji boʻlmadi. Umuman olganda, 2027 yilgacha hali vaqt bor, balki oʻsha vaqtga yaqin hamma narsa ishlay boshlar...
Buxgalter.uz tavsiya etadi
![]()
