Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
PF-95-son Farmon boʻyicha qarz va omborda saqlash shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish talabi qachon kuchga kiradi
Buхgalterlarda – qarz (moliyaviy yordam) va omborda saqlash shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi qaysi sanadan boshlab qoʻllanilishi masalasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda
.
Bu masalani belgilagan Farmonning oʻzi, ya’ni 19.05.2026 yildagi PF-95-son Farmon 20 maydan kuchga kirdi. Unda bu band boʻyicha muddatlar koʻrsatilmagan. Shuning uchun fikrlar ikkiga boʻlindi: kimdir talabni 20 maydan boshlab bajarish kerak, deb hisoblaydi, kimdir 21 avgustdan (3 oydan keyin) deb hisoblaydi.
Buxgalter.uz ushbu masala boʻyicha Soliq qoʻmitasining Metodologiya boshqarmasi mutaхassislaridan batafsil tushuntirish oldi:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Idora mutaхassislaridan olingan javobga koʻra, Prezidentning 19.05.2026 yildagi «Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-95-son Farmoni 6-bandining «b» kichik bandi 3 oydan soʻng – 2026 yil 21 avgustdan boshlab kuchga kiradi.
![]()