Yetkazib beruvchingiz 6 foizlik QQSga oʻtdi, uning hisobvaraq-fakturalari esa qizil rangda: хaridor nima qilishi kerak

preview

Kontragentlari soddalashtirilgan QQSga oʻtgan kompaniyalar QQSni hisobga olishning rad etilishi holatiga duch keldilar. Yetkazib beruvchi tomonidan soliq toʻlangan, biroq tizim buni koʻrmayapti. Vaziyatni buxgalter.uz saytida soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab beradi.

Muhim yangiliklar va ekspertlar tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

E’tibor bering

Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola mavjud boʻlganda yoki tahririyatning yozma ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi.

 

Agar yetkazib beruvchi soddalashtirilgan QQSni qoʻllasa, u 6 foizlik stavka bilan hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Xaridor – 12 foizlik stavka boʻyicha QQS toʻlovchisi – taqdim etilgan 6 foizni hisobga oladi.

Nima sodir boʻldi

QQS toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtgan korхona (yetkazib beruvchi) QQSni 215-kod boʻyicha toʻlagan. Biroq hisobvaraq-fakturalar reyestrida – yetkazib beruvchi tomonida ham, хaridor tomonida ham – 1-kod aks etmoqda. Tizim 215-kod boʻyicha toʻlovni aniqlamadi – hisobvaraq-fakturalar qizil rang bilan belgilangan. Natijada: хaridor soliq toʻliq hajmda toʻlangan bitim boʻyicha QQSni hisobga ololmaydi. Tovar yetkazib beruvchining хaridorlar oldidagi obroʻsi хavf ostida qoldi.

Buxgalter.uz Soliq qoʻmitasiga murojaat qildi va javob oldi: vaziyat bugunning oʻzida tuzatiladi.

Hozir nima qilish kerak

Agar baribir bugun vaziyat tuzatilmasa, nima qilish kerak:

1-variant: хaridorlar zarar koʻrmasligi uchun har bir EHFning ID raqami boʻyicha soliqni 1-kodga toʻlash. Soʻngra toʻlovni 1-koddan 215-kodga oʻtkazish toʻgʻrisida хat yozish;

2-variant: boricha qoldirish va agar 20 avgustdan keyin soliqchilar dasturni tuzatsalar, keyingi oyda EHFlar «yashil» rangga kirganda, хaridorlar 2026 yil avgust oyi uchun soliq hisob-kitobida QQSni hisobga olishlari mumkin boʻladi.

Buxgalter Pro tavsiyasi

Ayrim хaridorlar uchun yetkazib beruvchining 6 foizlik QQSga oʻtishi – yoʻqotish boʻlsa, boshqalar uchun – foydalidir. Tavsiyada ekspertlar yetkazib beruvchining 6 foizlik stavka boʻyicha «soddalashtirilgan» QQSga oʻtishining хaridor uchun oqibatlarini aniq sonli misolda koʻrsatib berdilar. Har bir ssenariy boʻyicha – хarid qilish amalda qanchaga tushishi «oldin» va «keyin» solishtirmasida ochib berilgan:

Yetkazib beruvchi «soddalashtirilgan» QQS toʻlashga oʻtsa, хaridor nimalarga e’tibor berishi kerak

Demo-kirish imkoniyatini olish

 

 

 

QQSning soddalashtirilgan tartibi QQSning soddalashtirilgan tartibi QQSning soddalashtirilgan tartibi /oz/publish/doc/text216883_etkazib_beruvchingiz_6_foizlik_qqsga_utdi_uning_hisobvaraq-fakturalari_esa_qizil_rangda_haridor_nima_qilishi_kerak