Bojxona hududida rasmiy "qayta ishlash" nima uchun importdan qimmatga tushadi

preview

Prezidentning 27.08.2026 yildagi PF-174-son Farmoni import toʻlovlarini kechiktirish yoki kamaytirish usuli sifatida bojxona hududida qayta ishlash rejimidan foydalanishni ma’nosiz qiladigan yangi normalarni joriy etadi.

Vijdonli qayta ishlovchilarga oʻzgarishlar ta’sir qilmaydi. Yangiliklar tafsilotlarini buxgalter.uz sharhida bilib oling.

 

Qonunchilik yangiliklarini Telegram-kanalimizda kuzatib boring.

E’tibor bering

Materiallardan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.

 

Qayta ishlash muddati oʻtib ketsa-yu, tovar Oʻzbekistonda qolib ketsa nima boʻladi

2027 yil 1 yanvardan boshlab, agar tovarlarni qayta ishlash muddati tugagan boʻlsa va ular 30 kun ichida olib chiqilmagan yoki rejim boshqa bojxona rejimiga joylashtirish bilan yakunlanmagan boʻlsa, import rejimiga rasmiylashtirishda:

  • toʻlovlar qayta ishlash muddatining oxirgi kunidan keyingi kunda hisoblanadi;
  • toʻlanishi lozim boʻlgan summalar soʻzsiz tartibda undiriladi.

Nima uchun rasmiy "qayta ishlash" uchun foizlar bilan toʻlashga toʻgʻri keladi

2027 yil 1 yanvardan boshlab, agar tovarni importga rasmiylashtirishda uning quyidagicha ekanligi aniqlansa, bojxona toʻlovlarining qayta hisoblangan summasiga tovar qayta ishlash rejimida boʻlgan har bir kalendar kun uchun quyidagi vaziyatlarda Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida foizlar hisoblanadi:

  • amalda qayta ishlanmagan boʻlsa, yoki
  • faqat oddiy operatsiyalardan oʻtkazilsa: qadoqlash, oʻrash, saralash, tozalash, boshqa tovarlar bilan muvofiqlashtirilsa.

Shunday qilib, agar tovar qayta ishlash uchun olib kirilgan boʻlsa-yu, amalda qayta ishlanmagan yoki shunchaki qadoqlangan boʻlsa, importga rasmiylashtirishda importdagi miqdorni toʻlash va qoʻshimcha ravishda tovar rejimda boʻlgan butun vaqt uchun foizlar toʻlash kerak boʻladi.

PF-174-sonli Farmonga kiritilgan oʻzgartirishlar haqiqiy qayta ishlovchilarga taalluqli emas. Rejim qayta ishlash xizmatlariga QQSning nol darajali stavkasini qoʻllash huquqini saqlab qoladi.

Qayta ishlovchida QQSning nol darajali stavkasi: raqamlardagi  ikkita hisob-kitob

Buxgalter Pro tavsiyasida QQSning nol darajali stavkasini qanday qoʻllash tushuntirilgan:

  • qayta ishlangan mahsulotlar toʻliq olib chiqib ketilganda;
  • mahsulotning bir qismini buyurtmachi ish haqi hisobiga topshirganda.

Ikkala misol ham aniq raqamlarda, tayyor oʻtkazmalar bilan koʻrsatilgan.

Ruxsat soʻrash →

3 kunlik bepul demo ruxsat. Menejer qoʻngʻirogʻidan soʻng faollashtiramiz – raqamingizni belgilangan shaklda qoldiring.

❖

Qayta ishlash rejimi boʻyicha oʻzgarishlar – PF-174-son Farmonning faqat bir qismida koʻrsatilgan. Boshqa yangiliklar haqida ham oʻqing. 

 

 



Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text217185_bojhona_hududida_rasmiy_qayta_ishlash_nima_uchun_importdan_qimmatga_tushadi