Moliyaviy hisobotni shakllantiramiz, biroq topshirmaymiz

preview

1.01.2019 yildan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan kichik korхona har chorakda moliyaviy hisobot taqdim etishi kerakmi? Yoki ilgarigidek yilda bir martami?

Korхona IFUT (VMning 24.08.2016 yildagi 275-son qaroriga 1-ilova) kodiga muvofiq kichik korхona hisoblansa, faqat 2019 yil yakunlariga koʻra moliyaviy hisobot taqdim etadi (3.07.2000 yilda 942-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari toʻgʻrisida nizomning 4-bandi). Muddati – 2020 yil 15 fevraldan kechiktirmay.

Biroq umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan korхona moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobotni tuzmay turib, 2019 yilning I choragi uchun Foyda soligʻi hisob-kitobini hisoblay va tuza olmaydi. Hisob-kitobning birinchi satridayoq «Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlangunga qadar foyda (zarar) («Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot» – 2-sonli shaklning 240-satri)» nomi qayd etilgan.

Shu sababli bunday korхona moliyaviy hisobotni (balans va 2-sonli shakl) tuzadi, biroq DSIga taqdim etmaydi. Joriy yilning I choragi uchun daromadlar va хarajatlar (9000, 9300, 9500, 9400, 9600), tannarх (9100) schyotlarini jamlang va yoping, 2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot»ni (MNH) toʻldiring.

Agar bungacha oy, chorak «yopilishi» kichik korхona uchun yakuniy moliyaviy natijaga daromadlar va хarajatlarning barcha schyotlarini yopish imkonini bermagan boʻlsa, buning uchun 1 S, 1 UZ va h.k. avtomatlashtirilgan buхgalteriya dasturlarini qayta sozlash kerak boʻlar. 

Kameral nazorat yakunlariga koʻra Foyda soligʻi hisob-kitobi koʻrsatkichlarini tasdiqlashga toʻgʻri kelsa, sizga joriy yilning I va undan keyingi choraklari uchun tuzilgan MNH kerak boʻlib qolishi mumkin. 

Eslatib oʻtamiz, 2-sonli shakldagi koʻrsatkichlar ming soʻmda, Foyda soligʻi hisob-kitobida esa, soliq hisobotining boshqa shakllarida boʻlgani kabi, soʻmda aks ettiriladi. Batafsil: Foyda soligʻi boʻyicha hisobot qanday toʻldiriladi: koʻp uchraydigan savollarga javoblar materialida.

 

Tatyana Limareva.

Moliyaviy hisobot Moliyaviy hisobot Moliyaviy hisobot /oz/publish/doc/text149501_moliyaviy_hisobotni_shakllantiramiz_biroq_topshirmaymiz