Oʻzbekistonda buxgalteriya hisobi va soliq solish

«Javob beramiz» xizmatiga foydalanuvchidan uch tomonlama shartnoma boʻyicha buyurtmachi xizmatlarni olib, ularning haqini toʻlaydigan, ijrochi amalda xizmatlarni koʻrsatadigan, pul mablagʻlari esa uchinchi tomonga oʻtkaziladigan holat yuzasidan savol kelib tushdi. Bunday holda kim elektron hisobvaraq-fakturani (EHF) taqdim etishi kerak va oʻzaro munosabatlarning bunday sxemasi qanchalik qonuniy ekanligi xususida «Norma» eksperti Lola SULTONOVA tushuntirish berdi.

«Korxona (QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi) ayrim xodimlarni «Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash va fuqaro muhofazasi sohasida oʻqitish» kursida oʻqitish boʻyicha shartnoma tuzdi. Toʻlov – korxona mablagʻlari hisobidan. Bunday xarajatlar xodimlarning daromadi hisoblanadimi? Soliq oqibatlari qanday boʻladi?» Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, soliq maslahatchisi Dilorom SAIDOVA javob beradi:

«Referal dasturi nazarda tutilgan mahsulotni ishga tushiryapmiz: jismoniy shaxs yangi foydalanuvchini olib keladi va biz buning uchun unga pul mukofoti toʻlaymiz. Toʻlov tashkilotimizning hisob-kitob hisobvaragʻidan toʻlov tizimi orqali darhol oluvchining bank kartasiga oʻtkaziladi. Yuridik shaxs – QQSni toʻlashning soddalashtirilgan rejimida. Referal mukofotdan JShDSni kim toʻlashi shart: biz soliq agenti sifatida toʻlov vaqtida soliqni ushlab qolamizmi yoki oluvchining oʻzi toʻlaydimi?» Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob beradi:

«Xodim ish beruvchiga 14 iyuldan boshlab II guruh nogironligi belgilanganligi toʻgʻrisida tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasini taqdim etdi. JShDS boʻyicha imtiyozga boʻlgan huquq qaysi sanadan yuzaga keladi? Iyul oyi uchun ish haqini hisob-kitob qilishda imtiyoz qoʻllaniladimi?» Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi, soliq maslahatchisi Dilorom SAIDOVA javob berdi:

Xodim chet elga xizmat safariga yuboriladi. Xizmat safari davri ish va dam olish kunlarini oʻz ichiga oladi. Xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi buyruqda xodim xizmat safari davrida dam olish kunlarida nimalar qilishi kerakligini koʻrsatish zarurmi (xodim mehnat vazifalarini bajarishga jalb etilmaydi; boshqa dam olish kuni beriladi; dam olish kunlarida ishlaganlik uchun kompensatsiya toʻlanadi)? Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:

«Biz avtotransport vositalarini sotamiz. Yuridik shaxsdan keyinchalik yutuqli oʻyin gʻoliblariga sovrin sifatida topshirish uchun 3 ta avtomobil sotib olish boʻyicha soʻrov kelib tushdi. Biz bitim uch tomonlama shartnoma bilan rasmiylashtirilishini rejalashtirmoqdamiz: reklama aksiyasi tashkilotchisi avtomobillar qiymatini toʻlaydi, avtomobilga egalik huquqi esa bevosita aksiya gʻoliblariga rasmiylashtiriladi. Transport vositasi uchun hisobvaraq-ma’lumotnoma aksiya gʻolibi boʻlgan xaridor nomiga, EHF esa reklama aksiyasini tashkil etgan toʻlovchi –yuridik shaxs nomiga rasmiylashtiriladi. Bunday vaziyatda aksiya gʻolibiga hisobvaraq-ma’lumotnoma va reklama aksiyasi tashkilotchisiga hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilishi toʻgʻrimi?» Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» ekspertlari, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassislari, soliq maslahatchisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA (ACCA DipIFR, CAP sertifikatiga ega) va yuriskonsult Nurali NURMUHAMEDOV javob berishdi:

  • 2026 yil uchun ishlab chiqarish kalendari

  • OʻTISh
Buxgalter taqvimi
Sana:
Valyutalar kursi 07.11.2026 da
  • USD 11987.16
  • EUR 13393.25
  • RUB 146.29
BHM: 440 000 sum
Asosiy stavka : 14.0 %
MHEKM: 1 360 000.00 sum