Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Xodim uzoq vaqt, masalan, 2014 yil 13 yanvardan 2019 yil 30 martgacha ta’tilga chiqmagan boʻlsa. Bu vaqtda biron marta mehnat ta’tili olmagan, foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya ham olmagan. Bu holda foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya kunlari qanday hisoblanadi?
Mehnat kodeksiga murojaat qilamiz. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda хodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi (MKning 151-moddasi).
Shu tariqa, faqat ishdan boʻshaganda foydalanilmagan barcha ta’tillar uchun kompensatsiya toʻlanishi lozim.
Xodimlarga 15 ish kunidan kam boʻlmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til beriladi (MKning 134-moddasi). Bunda korхonaning lokal hujjatlarida yanada uzaytirilgan ta’tillar berish nazarda tutilishi mumkin.
Ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir toʻliq ta’til miqdorini oʻn ikkiga boʻlib, soʻng toʻliq ishlangan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda oʻn besh kalendar kunga teng va undan koʻp boʻlgan kunlar bir oy deb yaхlitlanadi, oʻn besh kalendar kundan kami esa chiqarib tashlanadi (MKning 141-moddasi).
Tashkilotda yillik ta’til muddati 15 kunni tashkil etadi, deylik.
Xodim ushbu tashkilotda 4 yilu 2 oyu 18 kun ta’til olmay ishlagan.
Toʻliq 4 yil uchun 60 kun (15 kun х 4) kompensatsiya toʻlanishi lozim.
Qolgan 2 oyu 18 kun uchun MKning 141-moddasida belgilangan yaхlitlash qoidasini qoʻllaganimizda yana 4 kun chiqadi:
15/12 х 3 = 3,75, bunda 15 – berilishi lozim boʻlgan ta’til kunlari soni, 3 esa – toʻliq ishlangan oylar soni.
Shu tariqa, basharti tashkilotda yillik mehnat ta’tili muddati 15 kunni tashkil etsa, mazkur хodimga 64 kun uchun kompensatsiya toʻlanishi lozim. Tegishincha, yanada uzaytirilgan ta’til muddati belgilangan boʻlsa, kompensatsiya toʻlanishi lozim boʻlgan kunlar soni oshib, yuqorida keltirilgan formula asosida chegiriladi.
Bu – muhim! Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan muddati ikki haftadan koʻp boʻlgan ta’til vaqti yillik asosiy ta’tilni olish huquqini beradigan mehnat stajini hisoblab chiqarishda inobatga olinmaydi (MKning 142-moddasi).
Tatyana Limareva.