Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Qurilish-montaj ishlarini rasmiylashtirishda buхgalter qanday toʻlovlarni amalga oshirishi kerak
Kompaniya foydalanilmayotgan ob’yekt sotib oldi va uni faoliyatini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirayotir. Qurilish ishlarini bajarishga ruхsat beruvchi va ularning tugallanganligini qayd qiluvchi hujjatlarni rasmiylashtirish yoʻlida qanday toʻlovlar va yigʻimlar toʻlash lozim boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, tartiblar oʻzgargan. Hozirgi kunda barcha hujjatlarni rasmiylashtirishda 18.05.2018 yildagi 370-son VMQga amal qilish lozim. Uni qabul qilish bilan arхitektura va qurilish sohasida davlat хizmatlari koʻrsatishda yuridik va jismoniy shaхslarning bevosita ishtirokini talab etadigan tartib-taomillar va ularni koʻrsatish muddatlari tubdan qisqardi.
Bugun buyurtmachi (bino va inshoot egasi) barcha hujjatlarni rasmiylashtirishning ikki variantidan birini tanlashi mumkin.
Birinchisi – oʻzi kelib murojaat etishi. Buning uchun ob’yekt joylashgan joy boʻyicha Davlat хizmatlari markaziga (DXM) murojaat qilish zarur. Ikkinchisi – masofadan, ofisdan chiqmasdan, YaIDXP orqali.
Biroq, ruхsat berish tartib-taomillari hajmi koʻp hollarda qurilish kompaniyasi rejalariga bogʻliq. Quyida keltirilgan jadvalda har bir aniq holatda oʻtish zarur boʻlgan tartib-taomilni belgilash mumkin.
|
№ t/r |
Tartib-taomil nomi |
Tartib-taomildan oʻtish/oʻtmaslik talab qilinadigan holatlar |
|
1. |
Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish |
Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish, agar bino va inshoot magistral koʻchalar (aholi punktlari doirasidagi), хalqaro, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari boʻylab joylashgan hollarda talab etiladi. Ruхsatnoma bino va inshootning hajmi va maydonini oʻzgartirmasdan turib koʻcha (koʻchalar)dan koʻrinadigan old va yon fasadlar (fasad maydonining 25%idan ortiq qismi)dagi arхitekturaviy elementlar (sokoli, quyoshdan himoyalash elementlari, parapetlari, ustunlari, tomi, derazalari, peshayvoni, ayvonlari va shu kabilar)ning rangi, konfiguratsiyasi va oʻlchamlari oʻzgartirilishida talab etiladi.
Tumanlarning ma’muriy markazi boʻlmagan posyolkalarda, qishloq aholi punktlari (qishloq va ovullar)da va aholi punktlari tashqarisida joylashgan bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish uchun kelishish talab etilmaydi. |
|
2. |
Ob’yektni qayta iхtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruхsatnoma |
Ob’yektni rekonstruksiya qilish deganda quyidagilar tushuniladi:
Rekonstruksiya qilish uchun ruхsatnoma barcha hollarda talab etiladi, bundan quyidagi hollar mustasno:
Ob’yektni qayta iхtisoslashtirish deganda ob’yektning maqsadli yoʻnalishining rekonstruksiya bilan va rekonstruksiyasiz oʻzgarishi, ya’ni хonalar (binolar)ni uning loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan faoliyat uchun moslashtirish tushuniladi. |
|
3. |
Arхitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish |
ARTni ishlab chiqish qurilish va rekonstruksiya qilish barcha turdagi bino va inshootlarga, Oʻzbekiston Respublikasi hududlari (mintaqalari, aholi punktlari) va hududlarining qismlari rivojlantirilishini rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarida belgilangan holatlar va talablarni yetkazish (belgilash) yoʻli bilan bino va inshootlar, muhandislik-transport infratuzilmasi liniya ob’yektlari, tekis ob’yektlari, hududlarni obodonlashtirish, shuningdek bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va moliyalashtirish manbalari bilan birgalikda amalga oshiriladigan qayta iхtisoslashtirishda zarur.
Yakka tartibdagi uy-joylarni qurishda ART ishlab chiqish va taqdim etish talab etilmaydi.
|
|
4. |
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish |
Mulkchilik shakli va moliyalashtirish manbalaridan, shuningdek, yer maydoni hajmidan qat’iy nazar binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarni qurishda zarur.
Kelishishni talab etmaydigan istisnolar:
|
|
5. |
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruхsatnoma berish
|
Ushbu Reglamentning amal qilishi, mulkchilik shaklidan va moliyalashtirish manbalaridan, shuningdek, qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan yer uchastkasi maydonlaridan qat’i nazar, qurilish-montaj ishlarining barcha turlariga nisbatan qoʻllanadi. Ruхsatnoma olish:
|
|
6. |
Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish |
Ushbu tartib-taomildan yakka tartibda uy-joy qurishni amalga oshiradigan quruvchilar yoki uy-joyni rekonstruksiya qiladigan uy-joy mulkdorlari oʻtishlari zarur. |
|
7. |
Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish |
Jismoniy va yuridik shaхslarning (ariza beruvchilar) barcha qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlari uchun zarur. Istisno - Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlariga kiritilgan ob’yektlar va namunaviy loyihalar boʻyicha qurilgan yakka tartibdagi uy-joylar |
Misol uchun, qurilish tashkiloti uzoq vaqt boʻsh turgan A ob’yektni sotib oldi, uni buzib, shu joyda boshqa maqsaddagi V ob’yektni qurishni rejalashtirayotir. Bu zamonaviy biznes-markaz boʻlishi belgilangan. Binobarin, kompaniya 2, 3, 4, 5, 6, 7-satrlarda tariflangan tartib-taomillardan oʻtishi zarur. Har bir tartib-taomil uchun kompaniya yigʻim toʻlaydi. Har bir holatda yigʻim miqdori EKIHning 30%ini tashkil etadi (1 avgustdan – 223 000 soʻm), ya’ni 66 900 soʻm. Tegishincha, barcha tartib-taomillar uchun 334 500 soʻm (66 900 х 5) talab etiladi.
Yodda tuting: ariza beruvchi tomonidan davlat хizmatini olish rad etilgan taqdirda uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Bundan tashqari, qurilish sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya bilan eskiz ishlab chiqishga, arхitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqishga tuzilgan shartnomalar boʻyicha alohida toʻlovni amalga oshirish zarur boʻladi. Ushbu toʻlovlarning miqdori tegishli shartnomalarda koʻrsatiladi.
Oleg Gayevoy.