DSQdan xabarnoma kelmasa, nima qilish lozim

preview

Buxgalterlarning aytishicha, DSQdan SMS-xabarnoma xizmati ular uchun qulay. U soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga talabnoma yoki DSXOdan xat kelib tushganligini darhol koʻrish imkonini beradi. Biroq, koʻpchilik ushbu muhim xabarlarni olishmaydi va nima sababdan ekanligini tushuntirib berisholmaydi. Vaziyatni qanday oʻnglasa boʻladi?

Ishlar holatini oydinlashtirish maqsadida biz oʻquvchilarni soʻrovdan oʻtkazdik. Soʻrovda 398 nafar kishi ishtirok etdi. Respondentlarning 44%i xabarnoma olishmayotganligi va nima sababdan ekanligini bilmasliklarini aytishdi. Yana 17%i shunday javob berishdi, biroq quyidagi variantlardan birini sabab qilib koʻrsatishdi:

  • Telefon raqami oʻzgargan, uni DSQ ma’lumotlar bazasiga qanday kiritishni esa bilmaymiz;
  • Roʻyxatdan oʻtkazishda faqat shahar telefon raqami koʻrsatilgan.

 Nima qilish kerak?

  • Shaklni chop eting va toʻldiring.
  • Toʻldirilgan shaklni tadbirkorlik sub’yekti roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha DSIga topshiring.

Shuningdek, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “Murojaatni soliq organlariga yuborish” servisidan foydalanishingiz mumkin. Faqat bu holda joʻnatilgandan keyin siz oladigan xabarda koʻrsatilgan telefon raqami orqali qoʻngʻiroq qilish lozim boʻladi. Sizning xatingiz aynan shunday masalalarni hal qiladigan boshqarma tomonidan ijroga qabul qilinganligiga ishonch hosil qilish zarur.

DSQ yaqin vaqtda bu tartib-taomil ancha qulay boʻladi, deb va’da bermoqda. Hisob ma’lumotlariga toʻgʻridan-toʻgʻri soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali oʻzgartirishlar kiritish mumkin boʻladi. Hozirgi vaqtda servis ishlab chiqish bosqichida.

Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti /oz/publish/doc/text155889_dsqdan_habarnoma_kelmasa_nima_qilish_lozim