Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Buxgalter.uz moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOVning oʻquvchilar savollariga javoblarini e’lon qilishni davom ettiradi.
- Korхona – pudratchi buyurtmachi bilan uzoq muddatli kontrakt tuzdi, unga koʻra qurilish muddati 6 oyni tashkil etadi. Pudratchi qanday hujjatlar asosida butun qurilish davri mobaynida har bir oy uchun QQS hisoblashi lozim?
- Agar ishlar uzoq muddat davomida (bir oydan koʻp) bajarilsa va tuzilgan kontrakt shartlarida ularni bosqichma-bosqich topshirish nazarda tutilmagan boʻlsa, QQS boʻyicha soliq bazasi har oyda SKning 303-moddasiga asosan daromadni bir me’yorda e’tirof etish prinsipi inobatga olingan holda aniqlanadi (hisob-kitob namunasi bu yerda).
Oraliq ish hajmi summasi va unga hisoblangan QQSga pudratchi har oyda oraliq ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura rasmiylashtiradi va uni buyurtmachiga taqdim etadi. Xuddi shu summani pudratchi har oyda QQS boʻyicha hisobotda ham aks ettiradi.
Barcha ish hajmi tugallangandan keyin pudratchi bajarilgan ishlar qiymati toʻgʻrisidagi yakuniy ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi, unda kontrakt boʻyicha haqiqatda bajarilgan ish hajmini oʻtgan oylarda inobatga olingan oraliq hajmlarni ayirgan holda aks ettiradi.
![]()