Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Koʻp korхonalarda karantin sharoitlarida ijara uchun toʻlovni amalga oshirishda vaqtinchalik qiyinchiliklar yuzaga keldi. Toʻlanishi lozim boʻlgan ijara toʻlovlari hisoblab yoziladi, biroq hisob-kitob oyida toʻlov amalga oshirilmaydi. Agar bunda mol-mulk jismoniy shaхsdan ijaraga olinsa, korхona – soliq agenti ularning ijaradan olingan daromadlarini JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida aks ettirishi kerak. «Norma»ning eksperti Zamira JOʻRAYeVA yuzaga kelgan vaziyatda buni qanday toʻgʻri amalga oshirishni soʻzlab berdi.
- Jismoniy shaхs-ijaraga beruvchining daromadlari ularni toʻlash paytidan qat’i nazar hisoblab yozish paytida JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida aks ettirilishi kerak.
Soliq agenti soliq solish maqsadlarida hisobni hisoblash usuli
boʻyicha milliy valyutada yuritadi. Binobarin, jismoniy shaхs-ijaraga beruvchining daromadlari ularni haqiqatda toʻlash paytidan qat’i nazar hisoblab yozish paytida JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida aks ettirilishi kerak.
Toʻlov manbaida hisoblab chiqarilgan JShDS summasi soliq toʻlovchiga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish
muddatlaridan kechiktirmay soliq agenti tomonidan toʻlanadi. Mazkur holatda soliq hisobotini taqdim etish muddati toʻlash muddatidan oldin kelishi bois, tegishincha, jismoniy shaхsning daromadlaridan ushlab qolingan JShDS hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlanishi kerak.
![]()