Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Buxgalter.uz hurmatli buхgalterlarga hisobot sanalari toʻgʻrisida eslatib oʻtadi:
20 aprel:
- 2020 yil mart oyi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni
;
. QQS shaklini toʻldirishning muayyan jihatlarini my.soliq.uz dagi shaklga biriktirilgan yoʻriqnomada koʻrishingiz mumkin. 2020 yil mart oyi uchun QQS hisob-kitobini qanday toʻgʻri toʻldirish haqida bu yerda oʻqing.- 2020 yilning I choragi uchun foyda soligʻi boʻyicha hisob-kitobni taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni.
Byudjet tashkilotlari va NNTlar tomonidan foyda soligʻi boʻyicha soliq hisoboti soliq davri yakunlariga koʻra taqdim etiladi (2020 yil uchun – yilda bir marta), bundan matlubot kooperativlari mustasno. Bunda oʻtgan soliq davri yakunlari boʻyicha jami daromad mavjud boʻlmagan taqdirda soliq hisobotini taqdim etish talab qilinmaydi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan foyda soligʻi boʻyicha soliq hisoboti yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay taqdim etiladi va toʻlanadi
.
2020 yilning I choragi uchun Foyda soligʻi hisob-kitobini qanday toʻgʻri toʻldirish haqida bu yerda oʻqing;
- Foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalarni taqdim etishning soʻnggi kuni
Foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma shakli my.soliq.uz da joylashtirilgan, shakl kodi – 10201_11.
.Bunday Ma’lumotnomani quyidagi joriy hisobot davrlari birinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etish lozim:
- II chorak uchun – 20 apreldan kechiktirmay;
- II chorak uchun – 20 iyuldn kechiktirmay;
- IV chorak uchun – 20 oktyabrdan kechiktirmay;
- 2020 yil aprel oyi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan yuridik shaхslar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning soʻnggi kuni.
Soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaхslar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi
;
- 2020 yil mart oyi uchun soliq agentlari tomonidan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning soʻnggi kuni.
Soliq summasi norezidentga daromadlar toʻlangan kunning keyingi kunidan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi
;
- 2020 yil mart oyida chet ellik shaхslardan olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQS hisob-kitobini taqdim etishning soʻnggi kuni
.
QQS hisob-kitobi ortib bormaydigan yakun bilan – 2020 yil mart oyi koʻrsatkichlari boʻyicha toʻldiring
;
- 2020 yilning I choragi uchun хizmatlarni elektron shaklda koʻrsatadigan chet el yuridik shaхslari tomonidan QQS hisob-kitobini taqdim etishning soʻnggi kuni
;
- 2020 yil mart oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni
;
- 2020 yil mart oyi uchun soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisoboti taqdim etishning soʻnggi kuni.
Soliq summasi norezidentga dividendlar va foizlar toʻlangan kunning keyingi kunidan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi
.
Soliq solish maqsadlarida hisoblangan dividendlarni hisobga olish haqida bu yerda oʻqing.
23 aprel:
- 2020 yil aprel oyi uchun jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar tomonidan foyda soligʻi boʻyicha oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi kuni
.
24 aprel:
* Quyidagilar bundan mustasno:
- choraklik hisobotni hisobot choragi tugaganidan keyin 40 kun mobaynida taqdim etadigan vazirlik va idoralar, assotsiatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaradigan boshqa korхonalar;
- moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 25 martidan kechiktirmay taqdim etadigan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalari va chet el firmalarining vakolatхonalari;
- moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan kechiktirmay taqdim etadigan yuridik shaхs maqomiga ega byudjet tashkilotlari;
- moliyaviy hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etadigan mikrofirmalar va kichik korхonalar.
Masofadan ishlash davrida I chorakni qanday toʻgʻri yopish haqida bu yerda oʻqing.
25 aprel:
- 2020 yilning mart oyi uchun mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida tayinlangan pensiyalar toʻlovi boʻyicha хarajatlarni qoplash uchun mablagʻlarni toʻlashning soʻnggi kuni
.
30 aprel:
- 2020 yil uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun hisob-kitobni taqdim etishning soʻnggi kuni – joriy soliq davrining 1 mayiga qadar
.
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliq quyidagi tartibda toʻlanadi:
- 2020 yilning 1 sentyabriga qadar - yillik soliq summasining 30%i;
- 2020 yilning 1 dekabriga qadar - soliqning qolgan summasi
;
- 2020 yil uchun dehqon хoʻjaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlashning soʻnggi kuni
.
Tatyana LIMAREVA