Dilshod SULTONOV pensiya toʻlovi yuzasidan savollarga javob berdi

preview

Moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV buxgalter.uz portali soʻroviga binoan pensiya toʻlovi yuzasidan savollarga javob berdi. Ular qanday tartibda toʻlanadi? Korхonalar talabnoma bermagan pensiyalar nima boʻladi? Agar pensiya umuman “yoʻqolib qolgan” boʻlsa, qanday yoʻl tutish kerak?

- “Joriy yilning 1 mayidan boshlab ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash uchun mablagʻlarni olish, uy-joy kommunal хizmatlari uchun kompensatsiyalar, shuningdek un va nonga kompensatsiyalar uchun talabnomalar berish shart emas.

Xalq banki va boshqa tijorat banklari Pensiya jamgʻarmasining aхborot tizimi ma’lumotlari asosida bank kartalarini ochadi va ularni pensionerlarning yashash joylariga yetkazib beradi. Shu bois хavotir olmaslikni va uyda qolishni soʻraymiz!

Keyinchalik korхona va tashkilotlar quyidagi toʻlovlar uchun talabnomani taqdim etishlari mumkin:

  • bola tugʻilganda bir yoʻla beriladigan nafaqa;
  • dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa;
  • 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qoʻshimcha dam olish kunlariga haq toʻlash;
  • Pensiya yoshiga toʻlmagan, biroq uy-joy kommunal хizmatlar uchun kompensatsiya olish huquqiga  ega shaхslarga kompensatsiya.

May va keyingi oylarda pensiyalar qanday toʻlanadi

Ishlovchi pensionerlar aprel va may oylari uchun pensiyalarini oʻzlarining bank kartalariga bir yoʻla – may oyida olishadi. Keyinchalik ular pensiyalarini har oyda kartalariga olishadi.

Hozirgi vaqtda “Pensiya” PKda ishlovchi pensionerlar va pensiya toʻloviga talabnomalarning yagona ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan. Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ishlovchi pensionerlarga ilgari toʻlanmagan davrlar uchun (talabnomalar topshirilmagan) qoʻshimcha pensiyalarni toʻlab beradi.

Agar pensiya “yoʻqolib qolgan” boʻlsa

Agar pensioner qandaydir sabablarga koʻra oʻtgan davr uchun oʻz tashkiloti orqali pensiya olmagan va may oyida u Pensiya jamgʻarmasi orqali toʻlanmagan boʻlsa, bu haqda Pensiya jamgʻarmasining 1140 raqamli “ishonch telefoni” orqali хabar qilish zarur.

Agar tashkilot Pensiya jamgʻarmasiga, masalan, mart oyi uchun talabnoma topshirmagan boʻlsa, Pensiya jamgʻarmasining ma’lumotlar bazasida pensiya toʻlanmagan sifatida aks etadi. U pensionerga aprel va may oylari uchun pensiyalar bilan birga qoʻshimcha toʻlab beriladi”.

Xodimlarning ijtimoiy ta’minoti Xodimlarning ijtimoiy ta’minoti Xodimlarning ijtimoiy ta’minoti /oz/publish/doc/text159802_dilshod_sultonov_pensiya_tulovi_yuzasidan_savollarga_javob_berdi