YHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaxslar uchun yoʻriqnoma

preview

Yuridik shaxsga tegishli avtomobil YHQni buzgan holda «kameraga tushsa», jarima tashkilotga keladi. Bu noqulay vaziyatda nima qilish kerak, buxgalter.uz da koʻrib chiqamiz:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.

 

YHQni buzganlik uchun jarima haqida yuridik shaxs qachon bildirishnoma oladi

Yoʻl harakati qoidalari (YHQ) buzilishini quyidagilar qayd etadi:

1) DYXHX xodimlari huquqbuzarlik sodir etilgan joyda;

2) maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnik vositalari:

  • alohida buzilishlarni aniqlashga dasturlangan yoʻllardagi kameralar;
  • harakatning boshqa ishtirokchilari avtomobillaridagi videoregistratorlar.

Birinchi holatda inspektor haydovchiga – buzilish paytida bevosita rulda boʻlgan shaxsga bayonnoma tuzadi. Avto amalda kimga tegishliligi bu holatda muhim emas.

Biroq Oʻzbekistonda YHQ buzilishlarining koʻpchiligi kameralar tomonidan qayd etiladi. Tizim avtomatik ravishda buzilishning foto va videoyozuvini DYHXX bazasida saqlaydi. Raqam belgisi boʻyicha avtomobil egasi aniqlanadi. Tizim jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni shakllantiradi, vakolatli xodim uni ERI bilan tasdiqlaydi. Qogʻozga chop etilgan nusxa 3 kun ichida avto egasining yashash joyi yoki joylashgan joyi manzili boʻyicha buyurtma pochta joʻnatmasi bilan yuboriladi .

Agar YHQ buzilishi korporativ avtomobilda sodir etilgan boʻlsa, jarimani transport ekspluatatsiyasiga mas’ul jismoniy shaxs toʻlaydi . Biroq tashkilot chetda qola olmaydi – huquqbuzarning jarima toʻlash majburiyatini bajarishini nazorat qilish muhim.

Yuridik shaxs avtomobilida jarimalar mavjudligini qanday tekshirish kerak

Korporativ avtomobilda YHQni buzganlik uchun jarimalar bor-yoʻqligini quyidagicha tekshirish mumkin:

  • mobil ilovalarda. Eng ommaboplari: 24Road, Saferoad YHXX. Sizga avtomobil haqida ma’lumot kerak boʻladi: davlat raqami, texpasport seriyasi va raqami. Bir nechta ilovada tekshirish yaxshiroq;
  • 8860 raqamiga SMS yuborish orqali. SMS matni quyidagi formatda boʻlishi kerak: «avtomobil davlat raqami» boʻsh joy «texpasport seriyasi va raqami» (boʻsh joysiz). Shartli misol: agar avtomobil davlat raqami – 01A123AA, texpasport seriyasi – AA va raqami – 1234567 boʻlsa, 01A123AA AA1234567 yuboring – davlat raqami va texpasport ma’lumotlari orasida bitta boʻsh joy bilan.

Jarima toʻgʻrisidagi qaror tashkilotning yuridik manziliga pochta orqali kelishi mumkin. Shuningdek avtomobilni roʻyxatdan oʻtkazishda koʻrsatilgan mobil raqamga SMS-xabarnoma keladi.

Kompaniya korporativ avtomobilda YHQni buzganlik uchun jarima toʻgʻrisidagi qarorni olganda nima qilish kerakligi haqida batafsil chek-varaqni oling > > >

Yuridik shaxs xodim uchun YHQni buzganlik jarimasini toʻlashi mumkinmi

Oʻzbekistonda ma’muriy javobgarlikka huquqbuzarlik sodir etilgan paytda 16 yoshga toʻlgan jismoniy shaxslar tortiladi . Yuridik shaxsga tegishli avtomobilda YHQni buzganlik uchun uning ekspluatatsiyasi topshirilgan xodim javob beradi .

E’tibor bering

YHQni buzganlik uchun jarima jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan 60 kundan kechiktirmay toʻlanishi kerak. Jarima ustidan shikoyat qilingan holatda esa – shikoyatni qanoatlantirilmasdan qoldirish haqida xabardor qilingan kundan 30 kundan kechiktirmay .

 

Shunga qaramasdan xodimga majburiyatni oʻz vaqtida bajarish qiyin boʻlgan vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda tashkilot unga jarima toʻlash uchun qaytarish asosida mablagʻ berishi yoki jarimani toʻlab, keyin uning summasini xodim daromadidan ushlab qolishi mumkin.

Agar tashkilot jismoniy shaxs uchun jarimani toʻlasa, buxgalter qanday toʻgʻri harakat qilishi va soliq oqibatlari haqida tavsiyamizda oʻqing:

Yuridik shaxs jarimalarining toʻlanishini qanday nazorat qilish mumkin

Haydovchidan jarima toʻlanganligini tasdiqlovchi kvitansiya (skrinshot)ni oling, u nizolar yuzaga kelganda kerak boʻlishi mumkin. Toʻlov faktini E-jarima saytida tekshirish mumkin.

 

 

 

Bosh buxgalter uchun eslatma Bosh buxgalter uchun eslatma Bosh buxgalter uchun eslatma /oz/publish/doc/text159874_yhqni_buzganlik_uchun_jarimalar_yuridik_shahslar_uchun_yul-yuriqlar