Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Davlat soliq qoʻmitasi QQS boʻyicha hisobotda sof tushumni moliyaviy hisobot sof tushumi koʻrsatkichlari bilan solishtirdi. Ma’lumotlardagi tafovut deyarli QQS toʻlovchilarning 20%ida aniqlandi. Xatoning mohiyati nimada, u qanday tuzatiladi va endi bunday kamchiliklar yuzaga kelmasligi uchun soliq organlari qanday choralar koʻrishlari haqida – DSQda tushuntirishdi.
2019 yil va 2020 yilning I choragi yakunlari boʻyicha 93 888 ta QQS toʻlovchilarni хatlovdan oʻtkazish asnosida umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilarning 18%ida ma’lumotlarning soliq hisoboti bilan tafovuti aniqlandi:
- 11%da – sof tushum koʻrsatkichlari ming baravar oshirilgan;
- 7%ida – million marta.
Buning sababi shundaki, ming soʻm oʻlchov birligida hisobotlarda ma’lumotlar birlikda (soʻmda) koʻrsatilgan.
Soliq organlari soliq toʻlovchilarga aniqlangan kamchiliklarni tuzatish imkonini beradi.
Keyinchalik shu kabi tafovutlarning oldini olish uchun soliq organlari moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarining oʻlchov birligini mingdan birlikka (soʻmga) oʻzgartiradi.
DSQ soliq toʻlovchilardan II chorak uchun moliyaviy hisobotni toʻldirish chogʻida buni inobatga olishni soʻraydi.
![]()