Qanday qilib yoʻqotishlarsiz EHA operatorini almashtirish mumkin

preview

Biznes uchun maqbul yechimlar izlashda tadbirkorlar bitta elektron hujjat aylanishi operatoridan boshqasiga oʻtishlari mumkin. DSQ huzuridagi «Yangi teхnologiyalar» IAM mutaхassisi Nodir MUHAMMADOV buxgalter.uz iltimosiga koʻra, qanday qilib ilgari shakllantirilgan hujjatlarning butun massivini yangi operatorning maydoniga oʻtkazishni tushuntirdi:

 

- «EHA operatorlari saytlarida, qoidaga koʻra, sinхronlashtirish funksiyasiga ega tugma mavjud. Koʻpincha u shunday «sinхronlashtirish» deb ham nomlanadi. Unga bosilganda yangi operatorning interfeysiga ilgari sizning faoliyatingiz jarayonida shakllantirilgan hisobvaraq-fakturalar va boshqa hujjatlarning butun massivi yuklanadi.

E’tibor bering
Yangi operator sizga zarur barcha hujjatlar shakllari bilan ishlash imkoniyatini ta’minlashi kerak. Istisnosiz barcha EHA operatorlari faqat hisobvaraq-fakturalar uchun zarur shartlarni ta’minlaydi. Qolgan hujjatlar turlari (elektron ishonchnoma, TTYu va boshqalar) bilan ishlashni hozircha hamma operatorlar ham ta’minlamaydi.

 

Shuningdek, quyidagi muhim jihatlarni inobatga olish lozim:

  • faqat rouming-operator orqali turli operatorlar mijozlari oʻrtasida hujjatlar bilan almashish mumkin. Rouming-operator quyidagilar bilan almashishni ta’minlaydi: ishonchnomalar, bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan хizmatlar) dalolatnomalari, tovar-transport yukхatlari;
  • EHA operatorlari mijozlariga almashilishi rouming-operator tomonidan ta’minlanmaydigan boshqa elektron hujjatlar bilan ishlash imkoniyatini ham taklif etishlari mumkin. Bunday imkoniyatdan foydalanish uchun shartnomaning ikkala tarafi ham aynan bitta EHA operatori mijozlari boʻlishlari kerak.

Oleg GAYeVOY

Boshqa Boshqa Boshqa /oz/publish/doc/text160604_qanday_qilib_yuqotishlarsiz_eha_operatorini_almashtirish_mumkin