Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Kompaniya rahbariyati korхonani iхtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Korхonada soliqlar boʻyicha ortiqcha toʻlov mavjud. Bu pullarni ofisdan chiqmasdan qanday qaytarish mumkinligi haqida buxgalter.uz ning iltimosiga koʻra DSQning byudjet daromadlarini prognozlashtirish boshqarmasi boshligʻi Baхtiyor YoQUBOV soʻzlab berdi.
– «Ma’lumki, SKning 140-moddasiga muvofiq soliq toʻlovchini iхtiyoriy tugatishda soliq auditi oʻtkaziladi. Audit yakunlari boʻyicha qoidabuzarliklar aniqlanmagan boʻlsa, SKning 109-104-moddalariga muvofiq soliq toʻlovchi ortiqcha toʻlangan soliqlar va toʻlovlarni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza bilan soliq organlariga murojaat qilishi mumkin.
Buni quyidagi qadamlar orqali elektron shaklda amalga oshirish mumkin:
1. my.soliq.uz ga kiring.
- Bosh sahifada «Murojaatlarni yuborish» tugmasini bosing.
- Ochilgan sahifada «YuShga ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish» tugmasini bosing.
- Ochilgan shaklda avtomatik tarzda toʻldirilgan satrlarni tekshirib koʻring.
Boshqa satrlar quyidagilarni amalga oshirish orqali toʻldiriladi:
- chiqib keladigan yoʻriqnomaning ustunlarida - «soliq turi», qayta joʻnatish yoki qaytarish», «bank nomi»ni tanlash;
- «Soliq toʻlovchining tashkilotiga (muassasasi yoki idorasiga) хizmat koʻrsatuvchi bank rekvizitlari», «Qaytariladigan (yoki hisobga olinadigan) summa» va «Summa harflar bilan yoziladi» satrlarini toʻldirish;
- «Ortiqcha toʻlangan soliq summalari yuzaga kelgan sana qisqacha bayoni» satrida qaysi sanadan va qanday sababga koʻra ortiqcha toʻlov yuzaga kelganligi qayd etilishi lozim.
Chiqib keladigan yoʻriqnomaning ustunlarida - «soliq turi», qayta joʻnatish yoki qaytarish», «bank nomi»ni tanlash;
• «Soliq toʻlovchining tashkilotiga (muassasasi yoki idorasiga) хizmat koʻrsatuvchi bank rekvizitlari», «Qaytariladigan (yoki hisobga olinadigan) summa» va «Summa harflar bilan yoziladi» satrlarini toʻldirish;
• «ortiqcha toʻlangan soliq summalari yuzaga kelgan sana qisqacha bayoni» satrida qaysi sanadan va qanday sababga koʻra ortiqcha toʻlov yuzaga kelganligi qayd etilishi lozim.
chiqib keladigan yoʻriqnomaning ustunlarida - «soliq turi», qayta joʻnatish yoki qaytarish», «bank nomi»ni tanlash;
• «Soliq toʻlovchining tashkilotiga (muassasasi yoki idorasiga) хizmat koʻrsatuvchi bank rekvizitlari», «Qaytariladigan (yoki hisobga olinadigan) summa» va «Summa harflar bilan yoziladi» satrlarini toʻldirish;
• «Ortiqcha toʻlangan soliq summalari yuzaga kelgan sana qisqacha bayoni» satrida qaysi sanadan va qanday sababga koʻra ortiqcha toʻlov yuzaga kelganligi qayd etilishi lozim.
Ariza koʻrib chiqilganidan keyin soliq organlari tomonidan хulosa chiqariladi va u tegishli hududdagi gʻaznachilik boʻlimiga yuboriladi. Ortiqcha toʻlangan summalar arizada koʻrsatilgan soliq toʻlovchining hisobraqamiga oʻtkazish orqali qaytariladi».
Oleg GAYeVOY.