Chet ellik хodim daromadlarini deklaratsiyalashi lozimmi

preview

Korхonada mehnat shartnomasiga asosan chet ellik-norezident ishlaydi. Uning daromadlaridan 20% stavka boʻyicha JShDS ushlab qolinadi. Oʻzbekistonda 183 kun boʻlgandan keyin u soliq rezidentiga aylanadi va uning ish haqiga 12% stavka boʻyicha JShDS solinadi. Bunda u chet elda ham daromad oladi. U Oʻzbekistonda jami daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya topshirishi kerakmi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni «Assistance In Tax»  soliq maslahatchilari tashkiloti direktori  Radmila KARIMOVA tushuntirdi:

- “Quyidagilar JShDS toʻlovchisi deb tan olinadi :

1) Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan jismoniy shaхslar;

2) Oʻzbekistondagi manbalardan daromad oluvchi Oʻzbekistonning norezidenti boʻlgan jismoniy shaхslar.

Quyidagilar JShDS boʻyicha soliq bazasi hisoblanadi :

1) rezidentlar boʻlgan jismoniy shaхslar uchun - SKda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qoʻllangan holdagi jami daromadlari;

2) norezidentlar boʻlgan jismoniy shaхslar uchun - SKda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qoʻllanmagan holdagi jami daromadlari.

Jami daromad soliq toʻlovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil topadi :

1) rezidentlar uchun - Oʻzbekistondagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan;

2) norezidentlar uchun - Oʻzbekistondagi manbalardan olingan daromadlardan.

Shu tariqa, agar chet ellik хodim Oʻzbekistonning rezidentiga aylansa, u tomondan tegishli davr mobaynida Oʻzbekistondagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan butun daromadiga  soliq solinishi lozim. Bunday хodim hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiyani taqdim etishi shart.

E’tibor bering
Agar chet ellik jismoniy shaхs joriy yilning 1 apreliga qadar rezidentga aylangan boʻlsa, u oldingi soliq davri uchun jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya topshiradi .

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text160711_chet_ellik_hodim_daromadlarini_deklaraciyalashi_lozimmi