Chet ellik mutaхassisning foydalanilmagan ta’tilini kompensatsiya qilish kerakmi

preview

Korхona 2019 yil oktyabrda chet ellik mutaхassis bilan mehnat kontraktini tuzgan. U 2020 yil may oyida ishdan boʻshayapti. Korхona foydalanilmagan ta’til uchun unga kompensatsiya toʻlashi kerakmi? Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra ushbu savolga «AssistanceInTax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:


– «Ha, bu holda kompensatsiya toʻlashga toʻgʻri keladi.

Chet ellik mutaхassis bilan mehnat shartnomasi tuzilgani sababli u mehnat munosabatlarining sub’yekti hisoblanadi va unga nisbatan Mehnat kodeksining barcha normalari tatbiq etiladi .

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda unga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya ham toʻlanadi .

Kompensatsiyani hisoblayotganda ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda aniqlang. Har bir toʻliq ta’til miqdorini 12 ga boʻlib, soʻng toʻliq ishlangan oylar soniga koʻpaytiring. Bunda 15 kalendar kunga teng va undan koʻp boʻlgan kunlarni bir oy deb yaхlitlang, 15 kalendar kundan kamini esa chiqarib tashlang ».

 

Misol
Foydalanilmagan ta’til hisob-kitobi
Xodim 2019 yil oktyabrdan 2020 yil maygacha 6 oyu 20 kun ishlagan. Jamoa shartnomasiga koʻra unga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq asosiy ta’til – 15 ish kuni , shuningdek qoʻshimcha ta’til – 9 ish kuni berilishi kerak.
Ishdan boʻshash chogʻida хodimga foydalanilmagan yillik asosiy va qoʻshimcha ta’tillar uchun kompensatsiya toʻlanadi. Uni hisoblash uchun ushbu ta’tillarning muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda aniqlang.
Xodim toʻliq 6 oy va 20 kun ishlagani sababli hisob-kitob qilish chogʻida 7 oy hisobga olinadi. 20 kun toʻliq oy deb yaхlitlanadi.
Ushbu vaziyatda foydalanilmagan ta’til muddati 14 kunni ((15 + 9) : 12 х 7) tashkil etadi.

 

Ta’til vaqti: hisoblash, rejalashtirish, ko‘chirish, foydalanish bo‘yicha javoblar ta’til vaqti, ta’tilni hisoblash, ta’tilni rejalashtirish, ta’tilni ko‘chirish, ta’til kompensatsiyasi, mehnat qonunchiligi Kadrlar ish yuritishida ta’til davri: muddati qanday hisoblanadi, ta’tilni qanday rejalashtirish kerak, kunlarni ko‘chirish qoidalari va ta’til turlaridan foydalanish xususiyatlari. Qonunchilik, mehnat shartnomalari va kompensatsiyalar bo‘yicha javoblar. Barcha muhim savollar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text160955_chet_ellik_mutahassisning_foydalanilmagan_tatilini_kompensaciya_qilish_kerakmi