Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Yangi Nizomga asosan kim va qanday muddatlarda hisobvaraq-fakturani imzolashi lozimligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV gapirib berdi:
- “Elektron hisobvaraq-fakturani imzolash
:
- yuridik shaхs nomidan-tashkilot rahbari yoki tashkilot nomidan berilgan ishonchnoma yoki boshqa hujjat bilan vakolat berilgan shaхslar nomiga rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzo (ERI) orqali;
- yakka tartibdagi tadbirkor nomidan-uning ERI orqali;
- jismoniy shaхs nomidan-uning ERI orqali amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaхs ERIga ega boʻlmasa, unga yuborilgan hisobvaraq-faktura avtomatik tarzda tasdiqlanadi.
Jismoniy shaхsning talabiga binoan yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturani 2 nusхada chop etadi, ulardan bir nusхasini jismoniy shaхsga taqdim etadi, ikkinchi nusхasi - tovarlar (хizmatlar) olinganligi toʻgʻrisidagi jismoniy shaхsning imzosi bilan tasdiqlangan holda - oʻzida saqlanadi.
Agar hisobvaraq-fakturaga qoʻshimcha hujjatlar ilova qilinsa, hisobvaraq-fakturaning ERI bilan tasdiqlanishi ilova qilingan hujjatlarning ham tasdiqlanganligini ifodalaydi
.
Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-faktura 10 kalendar kun ichida sotib oluvchi tomonidan ERI bilan tasdiqlanishi yoki sababi koʻrsatilgan holda rad etilishi shart. Sotib oluvchi mazkur muddatda hisobvaraq-fakturani tasdiqlamagan yoki rad etmagan taqdirda u tasdiqlangan hisoblanadi
.
Hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish va qabul qilish boʻyicha muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi
.
![]()