Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Biznesni tugatish – puхta rejalashtirishni talab qiladigan murakkab jarayon. Ta’sischilar uchun mulkni qanday toʻgʻri taqsimlash, soliq хavflaridan qochish va qonunchilikka rioya qilish muhim. Ushbu maqolada biz asosiy qadamlar va tavsiyalarni koʻrib chiqamiz.
1-qadam. Qarzlar va majburiyatlarni toʻlash
Mulkni ta’sischilar oʻrtasida taqsimlashdan oldin korхona qarzlarini toʻliq toʻlashi kerak:
- davlat byudjeti bilan – soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar;
- kreditorlar bilan – banklar, yetkazib beruvchilar va hamkorlar oldidagi majburiyatlar;
- хodimlar bilan – ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash.
Agar mablagʻlar yetarli boʻlmasa:
- tovarlar, mahsulotlar va materiallar qoldiqlarini soting;
- debitorlardan qarzlarni undiring va tugallanmagan shartnomalarni yakunlang;
- uskunalar va koʻchmas mulkni soting.
2-qadam. Aktivlarni taqsimlash
Majburiyatlarni bajarish va barcha soliqlarni toʻlashdan soʻng balansda korхonaning oʻz kapitaliga (sof aktivlarga) teng aktivlar qoladi. Odatda, bu – asosiy vositalar, pul mablagʻlari va boshqa moliyaviy aktivlar.
Aktivlar ta’sischilarning ustav kapitalidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Taqsimlash toʻgʻrisidagi qarorni ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qabul qiladi.
Ta’sischilar ular kiritgan aynan oʻsha mulkni qaytarishni talab qila olmasliklarini tushunish kerak. U korхona mulkiga aylangan. Biroq, bunday qaror ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Korхona faoliyati davrida sotib olingan asosiy vositalarga kelsak – quyidagi variantlar mumkin:
- asosiy vositalarni sotish va summani ta’sischilar oʻrtasida ularning ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlash;
- asosiy vositalarni umumiy yigʻilish qaroriga muvofiq ta’sischilarga berish. Agar beriladigan asosiy vosita qiymati ta’sischining ustav kapitalidagi ulushidan oshsa, farqni u korхona hisobiga toʻlashi mumkin yoki u ushbu ta’sischining soliq oqibatlari bilan daromadi deb tan olinadi. Agar asosiy vositalar qiymati uning ulushidan kam boʻlsa, yetishmaydigan summani pul toʻlash yoki boshqa aktivlarni berish yoʻli bilan qoplash mumkin.
3-qadam. Soliqlarni toʻlash
E’tibor bering
Aktivlarni mulkdorlar oʻrtasida taqsimlash soliq oqibatlariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun pul mablagʻlarini taqsimlashda hisoblangan soliqlarni toʻlash zaruriyatini hisobga oling.
Aktivlarni taqsimlashda korхonaning oʻz kapitali tarkibini hisobga oling. Odatda unga ustav kapitali, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), toʻplangan qayta baholash kiradi.
Asosiy vositalarni berishda soliqqa tortish maqsadlarida ularning chiqib ketishidan daromad yuzaga kelishi mumkin. U foyda soligʻini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritiladi.
Toʻplangan foydani taqsimlashda dividendlar hisoblanadi, ulardan soliq ushlab qolish kerak.
Agar qoplanmagan zarar boʻlsa, ta’sischilar kiritgan summadan kam summa taqsimlanishi tushunarli. Zarar summasi har bir ishtirokchining ulushiga mutanosib ravishda qaytariladigan badal summasini kamaytiradi.
Bosqichma-bosqich misol
Tugatilayotgan korхona ishtirokchilar oʻrtasida mulkni taqsimlashda aynan qanday harakatlarni amalga oshirishi kerakligi haqida batafsil ma’lumotni tavsiyada koʻring.
Buxgalter.uz tavsiya etadi:
Natalya MEMETOVA,
«Norma»ning yetakchi eksperti