9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Xodimning shaxsiy avtomobilidan xizmat maqsadlari uchun foydalanish xarajatlari qanday qoplanadi
Korxona xodimlari koʻpincha oʻz avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun foydalanadilar. «Norma» eksperti Dilorom SAIDOVA bunday hollarda kompensatsiyani qanday qilib toʻgʻri toʻlash kerakligini buxgalter.uz uchun tushuntirib berdi:
Korxona xodimning shaxsiy avtomobilidan xizmat maqsadlari uchun foydalansa, uning xarajatlarini quyidagi koʻrinishda qoplashi mumkin:
- shaxsiy avtomobildan xizmat maqsadlarida foydalanganlik uchun kompensatsiya;
- avtomobilni ijaraga berish shartnomasi asosida ijara toʻlovi.
I variant. Shaxsiy avtomobildan xizmat maqsadlarida foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlash.
Kompensatsiya miqdorlari Xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlash tartibi bilan belgilangan.
Kompensatsiya ishlab chiqarish faoliyati muntazam transportda yurish zaruriyati bilan bogʻliq boʻlgan korxonalarning xodimlariga toʻlanadi.
U xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi. Byudjet tashkilotlarida u ushbu summaning 30%idan oshmasligi kerak.
Kompensatsiya miqdori avtomobil motorining ot kuchi soniga qarab belgilanadi:
|
Ot kuchi soni |
Bir oy uchun kompensatsiyaning cheklangan miqdori, BHM baravari |
|
100 ot kuchidan yuqori |
4,5 |
|
70 ot kuchidan 100 ot kuchigacha |
3,5 |
|
70 ot kuchigacha |
2 |
Motor quvvati ishlab chiqaruvchi zavod hujjatlarida, texnik pasportda koʻrsatiladigan avtomobilning texnik ma’lumotlari asosida aniqlanadi.
Normalar doirasidagi summalar korxonaning chegiriladigan xarajati hisoblanadi va xodimning daromadi sifatida qaralmaydi
.
Biroq korxona moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilangan normalardan ortiq miqdorda kompensatsiya belgilashi mumkin. Bu holda korxonaning oʻzi uchun ham, kompensatsiya oluvchi uchun ham soliq oqibatlari yuzaga keladi. Normalardan ortiq toʻlov summasi:
- soliq solinadigan foydani aniqlash chogʻida chegirilmaydigan xarajat;
- xodimning JShDS va ijtimoiy soliq solinadigan daromadi hisoblanadi
.
Kompensatsiya korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan buyruq va shaxsiy avtomobilning texnik pasporti nusxasi asosida toʻlanadi.
Buxgalteriya provodkalari quyidagicha boʻladi:
|
T/r |
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Schyotlar korrespondensiyasi |
Yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar |
|
|
Debet |
Kredit |
|||
|
1 |
Normalar doirasida kompensatsiya hisoblanishi aks ettiriladi |
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» |
6710-«Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashish» |
Buxgalteriya hisob-kitobi |
|
2 |
Kompensatsiya toʻlandi |
6710-«Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashish» |
5010-«Kassadagi pul mablagʻlari»
5110-«Hisob-kitob schyoti» |
Chiqim kassa orderi, toʻlov qaydnomasi |
Kompensatsiya xodimning shaxsiy avtotransportidan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlarini, shu jumladan YoMM uchun xarajatlarini ham qoplaydi. Kompensatsiya toʻlashdan tashqari xuddi shu avtomobil uchun YoMM sotib olsangiz, uning qiymati xodimning JShDS solinadigan moddiy naf tarzidagi daromadi hisoblanadi
. Bunda ijtimoiy soliq hisoblanmaydi
.
| Toʻlov turi | Toʻlanadigan summa |
Soliq solinmaydigan chegara |
Soliq solinadigan daromad |
Soliq summasi |
|
Shaxsiy avtotransportdan foydalanganlik uchun kompensatsiya |
1 000 000 |
780 500 (3,5 x 223 000) |
219 500 (1 000 000 – 780 500) |
JShDS 219 500 x 12% = 26 340. Ijtimoiy soliq 219 500 x 1% = |
| YoMM sotib olish uchun mablagʻlar | 500 000 | – | 500 000 soʻm |
JShDS 500 000 x 12% = 60 000 soʻm. Ijtimoiy soliq solish ob’yektiga kirmaydi |
II variant. Korxona xodim bilan avtotransportni ijaraga olish shartnomasini tuzadi.
Jismoniy shaxs bilan tuzilgan avtomototransport vositalarini ijaraga olish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi lozim
.
Xodim JShDS solinadigan avtotransportni ijaraga berishdan mulkiy daromad oladi
. Soliqni korxona ushlab qoladi
. Ijaradan olingan daromadga ijtimoiy soliq hisoblanmaydi.
Avtotransport vositalarini ijaraga berishdan olingan daromadlarga shartnoma boʻyicha ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda soliq solinadi. Bunda ular mol-mulkni ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun belgilangan eng kam stavkalardan past boʻlmasligi kerak. Yengil avtomobilni ijaraga berishda ijara toʻlovining eng kam stavkasi oyiga 500 ming soʻm miqdorida belgilangan
.
Ijara shartnomasida har bir tarafga avtomobildan foydalanish (YoMM, ta’mirlash, texnik xizmat koʻrsatish) boʻyicha qaysi xarajatlar yuklatilishini belgilang. Bu korxona xarajatlarini asoslash, shuningdek jismoniy shaxs va korxona oʻrtasidagi avtomobildan foydalanish bilan bogʻliq nizoli masalalarni imkon qadar kamaytirish uchun zarur.
Jismoniy shaxsning xarajatlari ijara toʻlovi hisobidan soʻndiriladi. Shartnomada belgilangan korxona xarajatlari – korxona uchun ijara toʻlovidan tashqari qoʻshimcha xarajatlar.
| T/r |
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Summa, ming soʻmda |
21-son BHMS boʻyicha schyotlar korrespondensiyasi | Yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar | |
| Debet | Kredit | ||||
| 1 |
Ijaraga olingan mol-mulk hisobga olinadi |
15 000 |
001-«Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar» |
Ijara shartnomasi | |
| 2 |
Ijara shartnomasi boʻyicha ijara toʻlovi hisoblandi |
1 000 | Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar | 6910-«Toʻlanadigan operativ ijara» | Ijara shartnomasi |
| 3 | Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi ushlab qolindi | 120 | 6910-«Toʻlanadigan operativ ijara» | 6410-«Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz» | Buxgalteriya hisob-kitobi |
| 4 | Ijara toʻlovi toʻlandi | 880 | 6910-«Toʻlanadigan operativ ijara» | 5110-«Hisob-kitob schyoti» | Bank koʻchirmasi |
| 5 | Mablagʻlarni KPKga oʻtkazish | 600 | 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» | 5110-«Hisob-kitob schyoti» | Bank koʻchirmasi |
| 6 | YoMM uchun haq toʻlash | 600 | 4230-«Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar» | 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» | Bank koʻchirmasi |
| 7 | KPK orqali toʻlangan xarajatlarni hisobdan chiqarish |
600 | Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar | 4230-«Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar» | Xodimning (hisobdor shaxsning) hisoboti |
![]()