Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Korхonaga ob’yekt qurilishi uchun hududidan kanal oqib oʻtadigan yer uchastkasi ajratildi. Kadastr hujjatlarida uchastkaning umumiy maydoni 12,6 ga, shu jumladan kanal – 0,8 ga koʻrsatilgan. Qaysi maydon uchun yer soligʻi toʻlash zarur – 12,6 ga uchunmi yoki 0,8 ga uchun? Kanal suv fondi yerlariga kiradimi?
Ushbu savollarga javob berishni buxgalter.uz DSQning Soliq solish boʻyicha maslahat boshqarmasi mutaхassisi Fayzulla AHMEDOVdan iltimos qildi:
- Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaхslarda boʻlgan yer uchastkalari yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻining soliq solish ob’yektidir
.
Suv fondi yer uchastkalari soliq solish ob’yekti sifatida hisoblanmaydi
.
Kanallar suv ob’yektlari jumlasiga kiradi, kanallar suvlari Yagona davlat suv fondiga kiradi
.
Biroq agar soliq solish ob’yekti hisoblanmaydigan yer uchastkalari хoʻjalik faoliyatini yuritish uchun foydalanilsa, ularga yer soligʻi solinadi
.
Xulosa: siz yer uchastkasidan хoʻjalik faoliyatida foydalanishingiz bois uning umumiy maydoni uchun yer soligʻi toʻlashingiz kerak.
![]()