Sizning qarindoshlaringiz toʻgʻrisidagi axborot kimlar uchun qiziqarli?

preview

Qanday tashkilotlar YaMMTga xodimlarning qarindoshlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritishi shart? – Ushbu savolga javob hozircha bitta ham normativ hujjatda mavjud emas. Bunda YaMMT tizimida tegishli ma’lumotlar shakllari nazarda tutilgan. Buxgalter.uz ushbu masala chuqur qayta ishlashni va NHHga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishini talab etadi, deb hisoblaydi.

“YaMMT” IDAKning tahririyat soʻroviga binoan ma’lum qilishicha, ularda jismoniy shaxsning qarindoshlari toʻgʻrisidagi axborotni koʻrsatish uchun moʻljallangan shakllarni toʻldirish barcha uchun majburiy. Idora quyidagilarga havola qiladi:

  • Prezidentning 31.10.2019 yildagi “"Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4502-son qarori;
  • "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomning 3-bandi. Unda mehnat munosabatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda "YaMMT" IDAKdan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiyligi aytilgan.

"YaMMT" IDAK direktori v.b. Husan Yorqulovning tushuntirishicha, bunday axborot xodimning foydasiga kiritiladi. Uning mavjudligi, basharti u buni xohlasa, jismoniy shaxsning davlat organlarida ishga joylashishini farazan soddalashtirishi kerak. Agar davlat organlarida ishlashni rejalashtirmayotgan boʻlsangiz, qarindoshlar nima uchun koʻrsatiladi – degan savol – ochiq qolmoqda.

Ogʻzaki suhbatda YaMMT IDAK xodimlari javobni toʻldirishdi: xodim axborotni jismoniy shaxsning ERI yordamida mustaqil ravishda yoki OneID tizimida roʻyxatdan oʻtish yordamida – https://my.mehnat.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali kiritishlari mumkin.

Albert SAFIN, yurist, «Norma» eksperti:

- “"Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomda kim, qanday axborotni va qanday kiritishi kerakligi aytilgan. Boshqalar qatorida jismoniy shaxsning qarindoshlari toʻgʻrisidagi axborot toʻgʻrisida bir soʻz ham aytilmagan. Qolaversa, YaMMTning faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq masalalarni reglamentlovchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda kabi. Kim, qanday va qanday hollarda ushbu axborotni kiritishini, uni qanday verifikatsiya qilishlarini aniq yozgan holda qonunchilikdagi ushbu kamchilikni  bartaraf etish zarur.

MKning 80-moddasida ish beruvchi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish

vaqtida talab qilishga haqli boʻlgan hujjatlar roʻyxati keltirilgan. Ularning orasida kadrlar boʻlimi xodimi ular asosida YaMMT tizimiga qarindoshlar toʻgʻrisida haqqoniy ma’lumotlarni kirita olishi uchun bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar ham, nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma ham, boshqa hujjatlar ham mavjud emas. Mehnat kodeksining yangi tahriri loyihasida hujjatlarning ushbu roʻyxatini kengaytirish nazarda tutilmagan. Binobarin, ish beruvchida qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishga qonuniy asoslar mavjud emas. Aks holda xodim uning harakatlari ustidan shikoyat berishi yoki oʻzining qarindoshlari toʻgʻrisida axborotni taqdim etishni rad etishi mumkin. Biroq bularning hammasi faqat davlat ulushiga ega boʻlmagan korxonalarga taalluqli.

Amaliyotda davlat xizmatiga qabul qilishda muayyan cheklovlar mavjud, u yerda qarindoshlar toʻgʻrisidagi axborot zarur. Biroq aksariyat tashkilotlarda u talab etilmagan. Agar tashkilotda tegishli cheklovlar boʻlmasa, unda nima uchun kadrlar boʻlimi xodimlariga qoʻshimcha ish yuklash kerak? Ortiqcha, hech kimga kerak boʻlmaydigan axborot hajmini nimaga serverlarda saqlash zarur?

YaMMT tizimidagi ushbu boʻlim amalda qanchalik oʻzini oqlashi haqida oʻylash kerak. Agar uni qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, yana takrorlayman, normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli boʻlimlarni toʻldirish qoidalarini aniq yozish kerak. YaMMT tizimiga ular toʻgʻrisidagi axborotni kiritish kam ahamiyatga ega boʻlmagan shaxslar roʻyxatini belgilash muhim.

Nizomning 54-bandiga oʻxshash norma toʻliq joiz boʻladi, unga koʻra jismoniy shaxs oʻz tashabbusi bilan oʻzining oʻtgan davrlardagi ishga joylashish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni mustaqil kiritishi mumkin. Agar jismoniy shaxs YaMMTda uning qarindoshlari toʻgʻrisidagi axborot boʻlishi kerak deb hisoblasa – uni oʻzi mustaqil kiritsin. Bunda kiritilgan axborotning haqqoniyligiga kim va qay tarzda javobgar boʻlishini oʻylab qoʻrish kerak. Oʻtgan davrlardagi ishga joylashish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bilan boʻlgan holatda, ularni Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi organlari verifikatsiya qiladi”.

Oleg GAYeVOY

Oʻzbekistondagi My.mehnat.uz portali: YaMMT mehnat uz, mehnat shartnomasi onlayn, elektron mehnat daftarchasi, portalda ro‘yxatdan o‘tish, mehnat shaxsiy kabineti My.mehnat.uz portali: onlayn shartnoma tuzish, elektron mehnat daftarchasini tekshirish, ariza topshirish va mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qanday kiritish mumkin. Barcha savollarga javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text164353_sizning_qarindoshlaringiz_tugrisidagi_ahborot_kimlar_uchun_qiziqarli