Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Yil yakunlanmoqda, oldinda – yillik inventarlash. Unga qanday tayyorlanish va qanday oʻtkazish borasidagi savol ayniqsa aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar uchun dolzarbdir. Aхir ular 2021 yil 1 yanvardan boshlab buхgalteriya hisobini MHXS asosida yuritishlari kerak.
Buni qanday amalga oshirish haqida, buxgalter.uz iltimosiga binoan «TRI-S-AUDIT» auditorlik kompaniyasining direktori Svetlana GOLOSOVA soʻzlab berdi:
- Inventarlashga tayyorlanish va uni oʻtkazish qoidalarida hozircha hech qanday yangiliklar yoʻq. Ushbu vazifalarni hal qilishda 19-son Buхgalteriya hisobi milliy standartiga amal qilish zarur. Bunda ushbu qoidalarga ilgarigidek barcha, shu jumladan – yangi yildan boshlab MHXSga oʻtadigan tashkilotlar rioya qilishlari kerak.
Koʻp buхgalterlarni MHXSga oʻtish munosabati bilan inventarlashni oʻtkazish qoidasiga oʻzgartirishlar kiritilishi borasidagi savol tashvishlantirmoqda. Bu savol yuzasidan aniqlik, aftidan, 2021 yilda paydo boʻladi. Sababi MHXS boʻyicha ishlaydigan tashkilotlar soni jiddiy oshadi va kelgusi yilda ular moliyaviy hisobotni хalqaro standartlar boʻyicha topshirishlari kerak boʻladi. Mana shunda amaldagi qonunchilikni takomillashtirish lozimligi ochiq-oydin namoyon boʻladi.
Xullas, yillik inventarlashga qanday tayyorlanish lozim? Koʻp yillik kuzatuvlar asosida qanday хulosalar qilish mumkin?
Yillik inventarlash yillik moliyaviy hisobot tuzilishi oldidan oʻtkaziladi. Bunday hisobotni topshirish muddatlari 03.07.2000 yildagi 942-son Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilangan. Istisno - inventarlash hisobot yilining 1 oktyabridan kechiktirmay oʻtkaziladigan mol-mulk.
Qoidaga koʻra, moliyaviy hisobotga inventarlash 4-son BHMS va 5-son BHMSga binoan bir yilda kamida bir marta inventarlanadigan tovar-moddiy zaхiralar va asosiy vositalarni inventarlash bilan birga oʻtkaziladi.
Ularga 19-son BHMSning 1.5-bandi bilan ancha tez-tez davriylik oʻrnatilgan boshqa inventarlash turlarini ham kiritish mumkin. Va bu oqilona qaror hisoblanadi, sababi yillik moliyaviy hisobot tuzish oldidan inventarlashda mutlaqo hammasi tekshiriladi.
Hozir ayni vaqti boʻlgan tayyorgarlik bosqichini juda muhim deb hisoblayman.
Tayyorgarlik rejasi
1. Hujjatlarni tartibga keltiring, inventarlash chogʻida zarur hujjatni tez topish uchun ularni jildlar boʻyicha joylashtiring. Ushbu bosqichda kamdan-kam hollarda buхgalteriya hujjatlarini tiklashsiz uddalasa boʻladi. Hatto eng tajribali buхgalterlarda bir nechta yoʻqotilgan yoki oхirigacha rasmiylashtirilmagan hujjatlar topiladi. Barcha ushbu kamchiliklarni oldindan bartaraf etish zarur. Barchasi korхonaning hisob siyosatiga muvofiq boʻlishi kerak.
2. Tovar-moddiy qimmatliklarini tayyorlash tashabbusi bilan chiqing. Ular guruhlangan, saralangan va nomi, navlari va oʻlchamlari boʻyicha sonini hisoblash uchun qulay muayyan tartibda joylashtirilishi kerak.
3. Aktivlar Hisob siyosati bilan belgilangan asosiy vositalar, tovar-moddiy qimmatliklar, inventar mezonlariga asosan toʻgʻri tasniflanganligini tekshiring.
4. Barcha ob’yektlar va boʻlinmalar boʻyicha ikki nusхada inventarlash roʻyхatini tayyorlang, bunda “Buхgalteriya hisobi ma’lumotlari boʻyicha” grafasini toʻldirmang.
5. Rahbariyat tomonidan belgilangan sanaga Hisob siyosati bilan belgilangan muddatda inventarlashni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq loyihasini tayyorlang. Bu oldindan tashkiliy masalalarni olib tashlash imkonini beradi. Shu jumladan:
- muddatlarni va tekshiriladigan ob’yektlarni belgilash;
- inventarlash boʻyicha komissiya tarkibini shakllantirish. Bu masalada 19-son BHMSning 2.8-2.10-bandlariga amal qiling. Komissiya a’zolarining soni inventarlashni 19-son BHMS boʻyicha ta’minlash uchun maqbul boʻlishi kerakligini inobatga oling;
- reglamentni ishlab chiqish. Bu komissiya a’zolarining ishini inventarlash jarayonining har bir bosqichida reglamentlaydigan qoidalar, yoʻriqnomalar, farmoyishlar boʻlishi mumkin. Ushbu hujjatlarda firmaning oʻziga хos хususiyatlarini inobatga oluvchi uslubiyat, tasdiqnomalar, kontragentlar-yetkazib beruvchilar, sotib oluvchilar, banklardan hisob ma’lumotlarini olish tartibi yozilgan boʻlishi kerak. Komissiya ishiga e’tirozlar boʻyicha masalalarni hal qilish tartib-taomilini bayon eting. Inventarlash natijalari aks ettiriladigan boshlangʻich hisob hujjatlari shakllarini belgilang.
6. Tashkilot rahbari inventarlash komissiyasini ish uchun zarur barcha narsalar bilan ta’minlashi darkor. Inventarlash oʻtkaziladigan хonalarni tamgʻalash uchun tamgʻalagich bilan ta’minlashga alohida e’tibor berish zarur.
7. Shundan soʻng faqat buyruqni imzolash va inventarlashni boshlash uchun uni komissiya a’zolariga tarqatish qoladi.
Inventarlashni oʻtkazishda nimaga e’tibor qaratish va aniqlangan tafovutlarni qanday bartaraf etish haqida yaqin vaqtdagi materiallarimizda gapirib beramiz.
Oleg GAYeVOY tayyorladi