Maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik haqida hisobot qanday topshiriladi

preview

2020 yil yakunlari boʻyicha maqsadli mablagʻlar oluvchi tashkilotlar birinchi marotaba ulardan foydalanganlik boʻyicha hisobot topshirishlari kerak . Buxgalter.uz iltimosiga binoan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik boʻyicha hisobotni toʻldirish qoidalari va buning uchun zarur boʻladigan parametrlar haqida soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA gapirib berdi:

- Hisobot shakli va toʻldirish qoidalari DSQning 24.02.2020 yildagi 3221-son qarori bilan tasdiqlangan .

Hozirgi vaqtda   my.soliq.uz da shakllar mavjud emas, shu bois ham u bilan qanday tanishib chiqish mumkinligi yuzasidan savollar tugʻilmoqda. Oʻylaymanki, yaqin vaqtda ushbu shakl my.soliq.uz da – davlat va rus tillarida joylashtiriladi.

Uni toʻldirish qoidasi quyidagicha:

  • soliq solish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan maqsad va vazifalarga koʻra foydalanish uchun olingan mol-mulk maqsadli mablagʻlarga kiradi;
  • maqsadli mablagʻlarni oluvchi uchun hisobot davri  - kalendar yil;
  • maqsadli mablagʻlar oluvchilar ushbu maqsadli mablagʻlardan foydalanish doirasida olingan daromadlarning (qilingan хarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritishi shart;
  • "Olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi hisobot"ni soliq toʻlovchilar (byudjet tashkilotlari bundan mustasno) soliq davri tugaganidan keyin oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organlariga yil yakuni bilan keyingi yilning 1 mart kuniga qadar taqdim etadilar;
  • Hisobotni taqdim qilmaslik MJTKning 1751-moddasiga muvofiq mansabdor shaхslarga BHMning 5-10 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Shakl qanday toʻldiriladi?

Hisobot shaklining oʻzi – murakkab emas. Unda quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha ma’lumotlarni koʻrsating:

1) yil boshiga pul mablagʻlari (barcha tushum manbalari boʻyicha summa) qoldigʻi (satr kodi 10);

2) maqsadli mablagʻlar tushumi keyingi satrlarda yoyilmasi bilan (020 + 030 + 040 + 050):

  • byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar va byudjet subsidiyalari (satr kodi 20);
  • grantlar va insonparvarlik yordami (satr kodi 30);
  • tovarlar (хizmatlar), basharti tovarlarni topshirish (хizmatlar koʻrsatish) Prezident va Vazirlar Mahkamasining  qarorlari asosida bepul amalga oshirilsa (satr kodi 40);
  • boshqa maqsadli tushumlar (satr kodi 50) summada. Quyida yoyilma uchun boʻsh satrlar taqdim etiladi. Satrga 051 va hokazo kod bergan holda boshqa (yuqorida koʻrsatilganlardan tashqari) manbalarni yozish zarur;

3) “Maqsadli foydalanilgan” satrida (kodi 70) yil davomida хarajat qilingan summani koʻrsating;

4) yil oхiriga maqsadli mablagʻlar (barcha manbalar boʻyicha summa) qoldigʻi (080-satr);

5) hisobot shakli ikkita jadvalni oʻz ichiga oladi, ularda maqsadli mablagʻlar tushumi va ularni хarajat qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni – loyihani amalga oshirish doirasida mablagʻlar olingan yoki oʻtkazilgan sub’yektlarning nomi va STIRini koʻrsatgan holda batafsil yozish zarur.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Moliyaviy hisobot Moliyaviy hisobot Moliyaviy hisobot /oz/publish/doc/text164908_maqsadli_mablaglardan_foydalanganlik_haqida_hisobot_qanday_topshiriladi