9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Agar xodim xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatni yoʻqotgan boʻlsa, nima qilish zarur? Yoki – parvozga kechikkan boʻlsa va yangi chipta olishiga toʻgʻri kelgan boʻlsa? Unga normadan ortiqcha sutkalik toʻlash mumkinmi? Ular qanday hisoblanadi? Qanday soliq oqibatlari boʻladi?
Xizmat safarlari toʻgʻrisidagi savollarga “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA va buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA javob berishadi:
1. Agar xodim chiptani yoʻqotgan boʻlsa, nima qilish lozim?
- Xodim xizmat safaridan qaytgan kundan e’tiboran 3 ish kuni mobaynida boʻnak hisobotini taqdim qilishi shart. Ushbu hisobotga xizmat safari joyiga kelgan va ketgan kun joyiga belgi qoʻyilgan xizmat safari guvohnomasi va xizmat safarida haqiqatda qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi
.
Agar yoʻl hujjatlari yoʻqotilgan boʻlsa, yoʻl xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi qarorni korxona rahbari qabul qiladi. Biroq xarajatlarni bu holda faqat Oʻzbekiston hududidagi xizmat safarlari boʻyicha qoplash mumkin. Va bu holda qoplashning soliq solinmaydigan chegarasi oʻzgaradi:
- Oʻzbekiston boʻyicha xizmat safarida har bir kilometr uchun BHMning 0,08%i miqdoridan kam boʻlmagan qoplash summasiga, ya’ni km uchun 178,4 soʻmga (223 000 x 0,08%) soliq solinmaydi
.
Yoʻl xarajatlarini qoplash summasiga JShDS solinmaydi, basharti
:
- tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda - haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasida;
- hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda - temir yoʻl transportidagi (agar temir yoʻl qatnovi boʻlmasa, shaharlararo avtobusdagi) yoʻl haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30%idan oshmaydigan miqdorda.
Yoʻl xarajatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan va iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan taqdirda foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegiriladigan xarajatlar hisoblanadi
.
2. Xodim parvozga ulgurmadi va yangi aviachipta sotib olishiga toʻgʻri keldi. Yangi chipta qiymati va qoʻshimcha toʻlovga JShDS solish zarurmi?
- Agar xodim unga bogʻliq boʻlmagan holatlar bois (masalan, muzokaralar choʻzilib ketgan, tirbandlikda qolib ketgan, xastalanib qolgan va h.k.) parvozga ulgurmagan boʻlsa, xizmat safari xarajatlariga yangi chiptaning qiymatini kiriting. Mazkur qiymat xizmat safariga yuborilgan xodimning daromadi hisoblanmaydi
.
Talab etilmagan chiptaning qiymati ham xodimning daromadi hisoblanmaydi. Bu –korxonaning xarajati.
Agar xodimning aybi bilan ortiqcha chiqim qilingan boʻlsa, korxona uning qiymatini qoplashni talab qilishi mumkin.
.3. Korxona sutkalik normasini qonunchilikda belgilanganiga nisbatan yuqori belgilashi mumkinmi?
- Ha, korxona jamoa shartnomasi, mehnat shartnomasi yoki buyruqda oʻzining sutkalik normalarini belgilashi mumkin. Sutkalik normalari qonunchilikda belgilangan normalardan past boʻlishi kerak emas.
Oʻzbekiston doirasida xizmat safarida:
- Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida – 0,1 BHM;
- boshqa shaharlar va aholi punktlarida – 0,08 BHM.
Oʻzbekistonning tashqarisiga xizmat safarida – 2730-son Nizomning 1-ilovasida keltirilgan normalar boʻyicha.
Masalan, kompaniya ichki Xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomni qabul qilib, unda bir sutka uchun 1 BHMdan kam boʻlmagan miqdorda sutkalik xarajatlar normasini nazarda tutishi mumkin.
4. Qonunchilikda belgilangan normalardan yuqori boʻlgan sutkalik va yashash uchun xarajatlar jismoniy shaxsning daromadi hisoblanadimi?
- Agar xodim turar joy ijarasi boʻyicha haqiqatda qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan boʻlsa, bunday xarajatlar uning daromadi hisoblanmaydi
.
Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda qonunchilikda belgilangan normalardan oshgan turar joy ijarasi qiymati, xodimning moddiy naf tarzidagi daromadi hisoblanadi va korxonaning lokal hujjatlarida normalar tasdiqlangan yoki tasdiqlanmaganligidan qat’i nazar, JShDS solinadi.
Normalardan ortiqcha sutkalik jismoniy shaxsning kompensatsiya toʻlovlari tarzidagi daromadi hisoblanadi va JShDS hamda ijtimoiy soliq solinadi
.
|
№ |
Xarajatlar |
Sutkalar soni |
Qonunchilikda belgilangan normalar |
Haqiqatda qilingan xarajatlar |
Jismoniy shaxsning daromadi emas |
Jismoniy shaxsning daromadi |
|
|
1 |
Yoʻl |
x |
Haqiqatda qilingan xarajatlar |
Haqiqatda qilingan xarajatlar |
Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda |
0 |
|
|
2 |
Yashash |
2 |
Rahbariyat tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida haqiqatda qilingan xarajatlar |
60 000 x 2 = 120 000 |
Tasdiqlovchi hujjatlar asosida |
0 |
|
|
3 |
Sutkaliklar |
3 |
223 000 x 0,08 = 17 840
17 840 x 3 = 53 520 |
40 000 x 3 = 120 000 |
Tasdiqlovchi hujjatlar zarur emas |
66 480 |
|
|
4 |
Boshqa xarajatlar (telefon soʻzlashuvlari va h.k.). |
x |
Norma belgilanmagan |
50 000 |
Tasdiqlovchi hujjatlar asosida |
0 |
|
|
|
|
Jami: |
|
66 480 |
|||
Xodimni Oʻzbekiston doirasida xizmat safariga yuborgan holda, borayotgan joyiga bogʻliq holda koeffitsiyentni toʻgʻri qoʻllashga e’tibor qarating.
Xato koeffitsiyentni qoʻllash JShDS summasini notoʻgʻri aniqlashga olib kelishi mumkin.
![]()