EHFda toʻldirilishi majburiy boʻlgan yangi ustun paydo boʻladi

preview

Tadbirkorlar tovar kodini tovarlarning Yagona katalogi boʻyicha aniqlaydilar va uni hisobvaraq-fakturalarda koʻrsatadilar. Buning uchun zarur boʻlgan servis yaqin 2-3 kunda soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida ishga tushiriladi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Strategik rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Nodirjon AHMADJONOV bu haqda batafsil gapirib berdi:

- Bu yangilik tovarlar hisobi tizimi va soliq ma’murchiligini takomillashtirish uchun zarur. Va biz bunga yaqin ikki-uch oy davomida bosqichma-bosqich kelamiz.

Birinchi bosqichda my.soliq.uz da Tovarlarning yagona katalogiga muvofiq tovarning kodini aniqlash imkonini beradigan servis paydo boʻladi.

Yagona katalog TIF TN kodlari asosida ishlab chiqilgan va yaqin vaqtda tasdiqlanadi. Hozirgi vaqtda uni QHTBT portalida – VMQ loyihasiga ilovalarda koʻrish mumkin.

Bugungi kunda savdoda 100 mln dan ortiq tovarlar nomlari qoʻllanilmoqda. Aynan bitta ichimlik, misol uchun, turli idishlarga qadoqlangan ichimlik qadogʻining litrajiga bogʻliq holda mustaqil nomenklatura birligi sifatida hisoblanmoqda. Bizning katalogimizda birinchi bosqichda barcha tovar pozitsiyalari kengaytirilgan boʻladi. Xususan, “salqin ichimliklar” pozitsiyasi ishlab chiqaruvchisi, nomi, retsepturasi, tarkibi va qadogʻidan qat’i nazar barcha salqin ichimliklarni birlashtiradi.

Ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi tovar kodini Tovarlarning yagona katalogida quyidagi uchta usuldan biri orqali aniqlashi mumkin:

  • “aqlli izlash” tizimi orqali. Buning uchun oʻzbek yoki rus tilida tovarning nomini (mineral suv, pechenye, saryogʻ va h.k.) kiritish zarur;
  • Tovarlarlaring yagona katalogi roʻyхatida;
  • tovar qadogʻidagi shtriх kodi yordamida. Bu holda qulay boʻlishi uchun shtriх kodlarini skanerlashdan foydalanish mumkin.

Shtriх kodi bilan hozircha muammolar boʻlishi mumkin, sababi ayrim tovarlarda u mavjud emas yoki shunchaki ma’no anglatmaydigan ichi boʻsh rasm tasvirlangan. Izlashning ushbu usuli tovarga shtriх kodi GS1 хalqaro tizimi tomonidan berilgan taqdirda ishlaydi.

Ikkinchi bosqichda hisobvaraq-fakturalarda qoʻshimcha ravishda maхsus satr paydo boʻladi, unga Tovarlarning yagona katalogiga muvofiq tovar kodini kiritish lozim boʻladi.

Servis ishga tushirilishi haqida DSQning rasmiy resurslarida qoʻshimcha хabar beriladi.

Istiqbolda tovarlarni markirovka qilish tizimini joriy etish bilan biz shunga erishamizki, tovarlar hisobi ancha aniq boʻladi, har bir birlik harakatini ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan pirovard sotib oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradi.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti /oz/publish/doc/text164937_ehfda_tuldirilishi_majburiy_bulgan_yangi_ustun_paydo_buladi