Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Tadbirkorlik sub’yektlari har qanday vaqtda, qulay va zarur paytda pul oʻtkazish yoʻli bilan oʻzaro hisob-kitoblarni, shuningdek byudjetga toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin. Bu imkoniyatdan qanday foydalanish haqida, buxgalter.uz iltimosiga binoan Markaziy bank Toʻlov tizimlari departamenti boshqarma boshligʻi Umid SOBIROV gapirib berdi:
- Murakkab joyi yoʻq. Tadbirkorlik sub’yekti unga хizmat koʻrsatadigan bankning masofadan bank хizmati koʻrsatish tizimiga («Bank-mijoz», «Internet Banking» yoki «Mobil banking») ulangan boʻlishi yetarli.
Masofadan bank хizmati koʻrsatish ilovasida lahzalik toʻlovlar tizimi orqali joʻnatish uchun toʻlov topshiriqnomasini shakllantirish imkonini beradigan хizmatni tanlash zarur. Qolganida tartib-taomil toʻlov topshiriqnomasini shakllantirishning oddiy tartib-taomilidan hech farq qilmaydi. “Joʻnatish” tugmasiga bosgandan keyin sizning kontragentingiz onlayn rejimida, deyarli bir lahzada pullarni oladi.
Lahzalik toʻlovlar tizimining odatdagi tizimdan muhim farqi shundaki, toʻlovlarni hafta kuni, jumladan dam olish kunlaridan qat’i nazar sutkaning istalgan vaqtida amalga oshirish mumkin.
Hozirgi vaqtda tizim ommabop boʻlib bormoqda, sababi faqatgina joriy yilning sentyabr oyidan boshlab toʻlaqonli ishlay boshladi. Bu vaqtga kelib unga mamlakatimizning barcha banklarini ulash jarayoni nihoyasiga yetdi. Byudjet tashkilotlari bilan oʻzaro hisob-kitob qilish va byudjetga majburiy toʻlovlarni (soliqlar, yigʻimlar va h.k.) amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
2020 yil fevraldan noyabrga qadar boʻlgan davrda tizim orqali 83,6 trln soʻmdan ziyod 3,5 mln tranzaksiyalar amalga oshirildi. Shunisi e’tiborliki, ulardan 5,8 trln soʻmlik 260 ming tranzaksiyalar soat 17:00 dan 09:00 gacha amalga oshirilgan.
Oleg GAYeVOY tayyorladi