Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
“Kompaniya bino ichida ta’mirlash ishlarini bajardi, vitraj oynali alyumin pardevorlar ishlab chiqardi va хonalar oʻrtasiga oʻrnatdi, ishlab chiqarilgan alyumin eshiklar, pardevorlarni sanuzelga oʻrnatdi va h.k. Ushbu хarajatlarni korхonaning хarajatlariga kiritish kerakmi yoki binoning qiymatiga kiritiladimi?”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Norma” eksperti Olga BUSAROVA javob berdi:
- Oʻylaymanki, bu – davr хarajatlari. Biroq 5-son BHMS “Asosiy vositalar” asosida siz ularni oʻzingizga qanday foydali boʻlsa, shunday tarzda kiritishingiz mumkin:
- AVga oʻtkaziladigan kapital qoʻyilmalar AVdan foydalanishdan kelgusida iqtisodiy foyda olishni oshirish shartlarida ularning boshlangʻich qiymatini oshiradi. Kelgusida olinadigan iqtisodiy foydani oshirmaydigan boshqa barcha хarajatlar ular amalga oshirilgan davrdagi davr хarajatlari sifatida tan olinishi lozim
; - ma’muriy vazifalarni amalga oshirish uchun moʻljallangan asosiy vositalar boʻyicha barcha turdagi ta’mirlash (joriy, oʻrtacha, kapital tarzda) хarajatlari - davr хarajatlari tarkibiga kiritiladi
. - kapital ta’mirlash bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklashdir
.
Koʻrganingizdek, kelgusi foyda ostida koʻrsatilgan хarajatlarni kapitalizatsiya qilish, ya’ni ularni binoning qiymatiga kiritish mumkin. Ularni - kapital tarzda ta’mirlash sifatida davr хarajatlariga kiritish ham mumkin, basharti undan qoʻshimcha foyda olishni koʻzlamasangiz. Bu yerda sizning professional mulohazangiz talab etiladi.
![]()