2021 yilda atrof muhit ifloslantirilganligi uchun hisob-kitob qanday topshiriladi

preview

Yangi yilning dastlabki ish kunlarida yana atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitobini topshiramiz va toʻlaymiz. Nihoyat, hammasini masofadan amalga oshirsa boʻladimi yoki oʻtgan yilgi ssenariy boʻyicha qiynalishga toʻgʻri keladimi?

Buxgalter.uz vaziyatni aniqlashtirdi:

Hisob-kitobni masofadan topshirish imkoniyatini nazarda tutuvchi Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomning 23-bandiga qaramay, hanuz buni muammosiz amalga oshirish imkonini beradigan toʻlaqonli resurs mavjud emas.

Davlat ekologiya qoʻmitasida ma’lum qilishlaricha, bunday resurs yanvarning dastlabki kunlaridan http://fund.uznature.uz havolasi boʻyicha ishga tushiriladi. Biroq hozircha hisobot davrining eng qizgʻin paytida tajriba rejimida http://e-ekologiya.uz saytini ishga tushirish bilan boʻlgan oʻtgan yilgi holat takrorlanmasligiga hech qanday ishonch yoʻq. Bu haqda batafsil biz bu yerda yozganmiz.

Yangi yilga qadar sanoqli kunlar qoldi, http://fund.uznature.uz yangi sayti esa hali ham boʻsh. U toʻgʻrisida gapirish mumkin boʻlgan narsa – u dizayni bilan farq qiladi, talay ma’lumot aхboroti va toʻlanilishi lozim boʻlgan yigʻim kalkulyatorini nazarda tutadi. Biroq barcha ushbu tugmalar hozircha ishlamayapti.

Nima qilish lozim?

Hisob-kitobni topshirishni soʻnggi kunga qadar kechiktirmang: sayt – bu ajoyib, biroq u yerda hammasi qanday ishlashini hech kim bilmaydi. Va agar baribir hisobotni qoʻlda topshirishga toʻgʻri kelsa, muddatning soʻnggi kunlarida ekologiya boshqarmalarida katta navbatlarga tayyor boʻlish zarur.

Kompensatsiya yigʻimi hisob-kitobi va toʻlovi qoidalari haqida batafsil bu yerda, bu yerda, bu yerda oʻqing.

Eslatib oʻtamiz!

  • deyarli barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya yigʻimini toʻlovchilar hisoblanadi. Istisno – sub’yektlarning davlat byudjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan faoliyati;
  • I va II toifa tashkilotlari bunday hisobotni har chorakda bir marta - hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasigacha topshiradilar. III va IV toifaga mansublar va toifasiz korхonalar esa har yilda bir marta- hisobot yilidan keyingi yilning 15 yanvarigacha topshiradilar.

Sizning korхonangiz qaysi toifaga kirishini bu yerda aniqlash mumkin;

  • kompensatsiya toʻlovini hisob-kitobni topshirish kunida toʻlash mumkin. Asosiysi – buni 820-son VMQda belgilangan muddatlarga qadar amalga oshirishga ulgurish. I va II toifa toʻlovchilari - hisobot oyidan keyingi oyning 25 sanasigacha. Barcha qolgan tashkilotlar 25 yanvarga qadar toʻlaydilar.

Agar hisob-kitob hisobot yilidan keyingi yilning 15 yanvarigacha taqdim etilmasa, III va IV toifa sub’yektlari atrof tabiiy muhitga tasdiqlangan ekologik normativlar doirasida yoki normativdan ortiqcha miqdorda chiqarib tashlangan, oqizilgan ifloslantiruvchi moddalar uchun, chiqindilar va ularni joylashtirganlik uchun yiliga tegishli ravishda BHMning 4 va 2 baravari miqdorida kompensatsiya toʻlovlari toʻlaydilar.

Oleg GAYeVOY

Boshqa tushum va toʻlovlar Boshqa tushum va toʻlovlar Boshqa tushum va toʻlovlar /oz/publish/doc/text165799_2021_yilda_atrof_muhit_ifloslantirilganligi_uchun_hisob-kitob_qanday_topshiriladi