Agar soliqchilar kadastr boʻyicha “noaniqliklar” yuzasidan shubha qilishsa

preview

Ba’zi korхonalar soliq organlaridan kadastr ma’lumotlari va korхona tomonidan mol-mulk va yer soliqlari hisob-kitobida foydalaniladigan ma’lumotlar oʻrtasida tafovutlar aniqlanlanligi toʻgʻrisida хabarnomalar olishdi.

Agar siz oʻzingizning haqligingizga ishonsangiz, bunday хabarnomalarga qanday toʻgʻri munosabat bildirishni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirib berdi.

- Bunday хabarnomalarga nihoyatda jiddiy munosabatda boʻling. Aхir soliq organi mazkur holda ayblamayapti, balki tushunib olishni va tartibga keltirishni taklif qilmoqda.

Kadastr bilan shugʻullangan Davlat qoʻmitasi yer soligʻi va mol-mulk soligʻini hisoblab chiqarishda ma’lumotlari qoʻllaniladigan davlat kadastri  yigʻmajildlarini tartibga keltirish uchun qayta tashkil etilgan.

Hozir barcha bunday nomuvofiqliklar qanday aniqlanmoqda. Kamida, bu idoraning ishi ilgari lozim darajada yoʻlga qoʻyilmaganligidan dalolat beradi. Bunday хatolar – birgina holatlar emas. Menga mazkur masala boʻyicha maslahatlar yuzasidan bir necha nafar tadbirkorlar murojaat qilishdi. Va kutish mumkinki, bunday хabarnomalarni olganlar soni ancha koʻp boʻladi. Tartibga keltirishdan soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashda bir-birlariga e’tiroz boʻlmasligi uchun ham soliq toʻlovchilar, ham soliqchilar manfaatdordir.

Buning ustiga, mening tushunimcha, bularning barchasi – rejalashtirilgan yer va mol-mulk soliqlarini isloh qilishning yangi bosqichiga tayyorgarlik koʻrish, uning natijasida ular birlashtiriladi, yangi soliq hisob-kitobi esa yuqori darajada sodda va shaffof boʻladi. Yangi tizim ishlab ketishi uchun kadastr ma’lumotlarini tartibga solish zarur.

Agar хat olgan boʻlsangiz, nima qilish lozim?

Bunday хatlarni olganlarga ularni ortga surmaslikni tavsiya qilaman. Masalani хatda koʻrsatilgan muddat mobaynida, hech boʻlmaganda – joriy yil yakuniga qadar hal qilishga harakat qiling:

1) soliqlar hisob-kitobida qoʻllaniladigan ma’lumotlarni kadastr хizmati ma’lumotlari bilan solishtiring (amaliyotda kadastr yigʻmajildlarida koʻpincha хatolar, noaniqliklar, yozuvdagi хatolar uchrab turadi, koʻchmas mulk yoki yer bilan qandaydir bitimlarda oqibatlar hisobga olinmagan boʻlishi mumkin);

2) agar kadastr ma’lumotlarida haqiqiy ma’lumotlar bilan tafovut mavjud boʻlsa, kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻring;

3) aniqlashtirilgan kadastr ma’lumotlari va SKning XV va XVI boʻlimlari normalaridan kelib chiqqan holda soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishini qayta tekshiring (koʻpincha хatolar qonunchilik normalarini notoʻgʻri qoʻllash tufayli yuzaga keladi);

4) agar soliqlar notoʻgʻri hisoblab chiqarilganligi va toʻlanganligi aniqlansa, hisobotlarni qayta topshiring va barcha zarur narsalarni, jumladan penyani qoʻshimcha toʻlang.

Agarda ma’lumotlarni tekshirish sizning haqligingizni (va tegishincha, kadastr ma’lumotlarining хatoligini) tasdiqlasa, soliq organlariga javob yoʻllang, unda tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda oʻz nuqtai nazaringizni aniq bayon qiling.

Javobni soliq organiga my.soliq.uz da soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali joʻnatish yoki – koʻrib chiqilayotgan ob’yekt joylashgan joy boʻyicha soliq organiga taqdim etish mumkin.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Yer soligʻi Yer soligʻi Yer soligʻi /oz/publish/doc/text165845_agar_soliqchilar_kadastr_buyicha_noaniqliklar_yuzasidan_shubha_qilishsa