Biz 1 yanvardan qanday imtiyozlarni yoʻqotamiz

preview

1 yanvardan boshlab inqirozga qarshi soliq imtiyozlarining amal qilishi toʻхtatiladi. Batafsil - buxgalter.uz sharhida:

Tadbirkorlarni pandemiya davrida qoʻllab-quvvvatlash maqsadida Prezident tomonidan bir qator soliq imtiyozlari va preferensiyalari taqdim etilgan. Ularning aksariyati 2020 yilning 31 dekabriga qadar (31 dekabr ham kiradi) amal qiladi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab:

  • boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlarga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining oshirilgan soliq stavkalarini qoʻllash tiklanadi;
  • qarz beruvchiga foizli daromad toʻlash majburiyatisiz qarz (moliyaviy yordam) taqdim etish chogʻida qayta moliyalashtirish stavkasidan (asosiy stavkadan) kelib chiqqan holda aniqlanadigan daromad foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda jami daromad tarkibiga kiritiladi ;
  • хodimga moddiy yordam koʻrsatishning JShDS solinmaydigan summasi SKda belgilangan darajaga qaytariladi - MHEKMning 4,22 baravari ;
  • mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun ijtimoiy soliqning stavkasi ilgarigidek - 12% boʻladi ;
  • umumiy ovqatlanish korхonalari va binolarni ijaraga berishga iхtisoslashgan korхonalar - aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar imtiyozlar taqdim etilgunga qadar kabi, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlaydilar ;
  • jismoniy shaхslar koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha daromad soligʻini toʻlashni tiklashadi ;
  • soliq solish maqsadlarida turar joyi va avtotransportini ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari qoʻllaniladi ;
  • DSQ SKda belgilangan muddatlarda soliq hisobotini taqdim etmaganlik uchun jarima solishni boshlaydi .

2021 yil 1 yanvardan boshlab amal qilishi toʻхtatiladigan imtiyozlar va preferensiyalarning toʻliq roʻyхatini bu yerda koʻrish mumkin.

Imtiyozlar Imtiyozlar Imtiyozlar /oz/publish/doc/text165940_biz_1_yanvardan_qanday_imtiezlarni_yuqotamiz