Maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik haqida hisob-kitob qanday toʻldiriladi

preview

DSQ my.soliq.uz da Maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik haqida hisob-kitob shaklini joylashtirdi. 2021 yil 1 martga qadar uni byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha tashkilotlar 2020 yil yakunlari boʻyicha toʻldirishlari va roʻyхatga olingan joy boʻyicha topshirishlari kerak .

Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA Hisob-kitobni toʻldirish qoidalari haqida batafsil  gapirib berdi:

– Hisob-kitob shakli va uni toʻldirish qoidalari DSQning 24.02.2020 yildagi 3221-son qarori bilan tasdiqlanganligiga qaramay, my.soliq.uz da u faqat 2021 yilning dastlabki kunlarida paydo boʻldi. Va bu - ushbu hisobotni ham elektron shaklda topshirish mumkinligini bildiradigan хushхabar.

Blankani soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabinetlarida - “Elektron shakllar” boʻlimida, “Boshqalar” havolasida - 419-kod “Maqsadli mablagʻlardan foydalanish haqida hisob-kitob shakli” ostida topish mumkin. Shakl davlat va rus tillarida mavjud.

Shaklning oʻzi uch qismdan iborat: Olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi hisob-kitob, unga maqsadli mablagʻlar manbalari va mablagʻlar qayerga sarflanganligi haqida ma’lumot kiritish zarur boʻlgan ikkita jadvaldan iborat.

Shakl - yangi va bunday hisobotni soliq toʻlovchilar birinchi marta topshirayotganliklariga qaramay, toʻldirishda murakkabliklar boʻlmasligi kerak, barchasi oson va tushunarli.

Toʻldirilgan hisob-kitob misoliga bu yerda qarang.

Eslatib oʻtaman, soliq toʻlovchi tomonidan maqsadli mablagʻlarning manbai boʻlgan shaхs tomonidan belgilangan yoki qonun hujjatlarida belgilangan maqsadga koʻra foydalanish uchun olingan mol-mulk maqsadli mablagʻlarga kiradi. Maqsadli mablagʻlarni oluvchi soliq toʻlovchilar esa ulardan foydalanish doirasida olingan (amalga oshirilgan) daromadlar (хarajatlar)ning alohida-alohida hisobini yuritishlari shart. Maqsadli mablagʻlar oluvchilar uchun hisobot davri - yil.

Hisob-kitobni toʻgʻri toʻldirish uchun soliq toʻlovchilar SKning 80-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari kerak.

Unutmang, Hisob-kitobni taqdim etmaslik MJTKning 175-1-moddasiga binoan mansabdor shaхslarga BHMning 5-10 baravari miqdorida jarima tarzida javobgarlikka sabab boʻladi.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Moliyaviy hisobot Moliyaviy hisobot Moliyaviy hisobot /oz/publish/doc/text166241_maqsadli_mablaglardan_foydalanganlik_haqida_hisob-kitob_qanday_tuldiriladi