Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalariga subsidiya ajratishni davom ettiradi. Bu yordamni qanday olishni buxgalter.uz iltimosiga binoan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining yuristi Mahliyo KARIMOVA tushuntirib berdi:
– Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar berishning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq hozirgi vaqtda quyidagilar subsidiya olishi mumkin:
- turoperator va turagentlar - Oʻzbekiston rezidentlari xizmat koʻrsatilgan har bir xorijiy turist uchun;
- joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylari, oʻtov va chodirli oromgohlar, sanatoriylar hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish boʻyicha xizmatlar) koʻrsatiladigan boshqa ob’yektlar.
Subsidiya tadbirkorlik sub’yekti har oyda keyingi oyning 5-kuniga qadar taqdim etadigan ariza asosida ajratiladi. Jumladan, yanvar uchun ariza topshirishning soʻnggi muddati - 4 fevral.
Bu - muhim: tadbirkorlik sub’yekti ariza berish vaqtida qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi kerak va faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatilgan boʻlmasligi lozim.
Subsidiya berish tartibi Nizomning 3 va 4-boblarida belgilangan
|
Mezonlar |
Turoperatorlar va turagentlarga xizmat koʻrsatilgan xorijiy turistlar uchun subsidiya (Nizomning 3-bobi) |
Mehmonxona xizmatlari koʻrsatish uchun subsidiya (Nizomning 4-bobi) |
|
Subsidiya limiti |
Kirish turizmi boshlangan kundan e’tiboran kirib keluvchi xorijiy turistlarning umumiy soni 500 ming nafarga yetgunga qadar |
01.06 2020 yildan 31.12. 2021 yilga qadar Arizalar 15.12.2021 yilga qadar qabul qilinadi
|
|
Subsidiya miqdori |
Har bir xorijiy turist uchun, kamida 5 sutka davomida mamlakatda boʻlish sharti bilan - 15 AQSh dollari. Subsidiya soʻmda toʻlov kunidagi MB tomonidan belgilangan kurs boʻyicha ajratiladi.
Subsidiya charter reyslar tashkilotchilariga ajratilmaydi. (Nizomning 2-bobi)
|
Subsidiyalar joylashtirish xizmatlari (mehmonxona xizmatlari) narxining 10%i miqdorida ajratiladi. Nomer (joy) narxiga kiritiladigan xizmatlar nazarda tutiladi. Joylashtirish vositasi tomonidan koʻrsatilgan qoʻshimcha xizmatlar (bar xizmati, restoran xizmati va boshqalar) kiritilmaydi. «E-Mehmon» tizimiga har bir tashrif buyuruvchi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirishda joylashtirish vositalari turist joylashgan nomer narxini koʻrsatishi kerak |
|
Qayerga murojaat qilish lozim |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga - yozma yoki elektron shaklda, Nizomga 1-ilova bilan tasdiqlangan shakl boʻyicha mablagʻ ajratish toʻgʻrisida ariza bilan |
|
|
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar |
|
|
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ariza olingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida hujjatlarning Nizom talablariga muvofiqligini tekshiradi. Arizani oʻrganib chiqishda qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazish talab etilsa, Qoʻmita ariza beruvchini yozma shaklda yoki elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi. Bu holda arizani oʻrganib chiqishni qoʻshimcha 5 kalendar kunga uzaytirishi mumkin.
Subsidiyalarni ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror 1 ish kuni mobaynida qabul qilinadi, qarorning nusxasi qabul qilingan kunda ariza beruvchiga yuboriladi.
Rad etilgan taqdirda ariza beruvchi 2 hafta muddatda kamchiliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda Qoʻmitaga takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Ushbu muddat tugagandan keyin taqdim qilingan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida qayta koʻrib chiqiladi va yangi asoslar boʻyicha uni qanoatlantirishni rad etish mumkin emas.
Limit yoki subsidiya berish uchun muddatning tugashi asosida rad etilgan holda takroran arizalar koʻrib chiqilmaydi.
Rad etishlari mumkin, agar:
a) Nizomga muvofiq ariza beruvchi hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim qilinmagan boʻlsa;
b) taqdim qilingan hujjatlarning notoʻgʻriligi;
v) limit yoki subsidiya berish muddati tugagan boʻlsa.
Qoʻmita Moliya vazirligiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida buyurtmanomani taqdim etadi. Moliya vazirligi uni 3 ish kunida koʻrib chiqadi va mablagʻlarni Qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazadi. Oʻz navbatida Qoʻmita 3 ish kunida xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning banklardagi hisobraqamlariga oʻtkazib beradi.
Ma’lumotlar xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan soxtalashtirilganligi aniqlangan taqdirda subsidiya Davlat byudjetiga qaytariladi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi