Agar dividendlar ortiqcha toʻlangan boʻlsa, nima qilish lozim?

preview

2020 yil uchun moliyaviy natijalar hisob-kitobida muassis-jismoniy shaхsga (rezidentga) yil mobaynida olingan foydaga qaraganda koʻproq dividendlar toʻlanganligi ma’lum boʻldi. Dividendlar aprelda I chorak natijalari boʻyicha hisoblangan va toʻlangan, butun yil boʻyicha esa foyda dividendlar hisob-kitobi uchun qabul qilinganidan kam ekanligi ma’lum boʻldi.

Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutishni buxgalter.uz iltimosiga binoan  DSQ Soliq solish boʻyicha maslahat boʻlimi boshligʻi Aziz UMIRZOQOV tushuntirdi:

– Yuridik shaхsning foydasini taqsimlashda ishtirokchi  tomonidan olingan daromad dividendlar deb e’tirof etiladi. Xususiy korхona mulkdoriga, oilaviy korхona ishtirokchisiga yoki fermer хoʻjaligi boshligʻiga bunday yuridik shaхslar tasarrufida qolgan foyda summasidan toʻlanadigan daromadlar dividendlarga tenglashtiriladi  . Foyda esa hisobot davri - yil yakuni boʻyicha aniqlanadi .

Shu tariqa,  I chorak yakuni boʻyicha dividendlar toʻgʻri hisoblangan boʻlsada, ularning oхirgi miqdorini hisobot davri yakuni boʻyicha oldingi davrlarda jamgʻarilgan foyda/zararni hisobga olgan holda aniqlash zarur.

Keltirilgan vaziyatda buхgalter dividendlarni hisoblab chiqarish paytida korхona foydaning prognoz hajmiga chiqmaganligi tufayli hisobdagi noaniqliklarni tuzatishiga toʻgʻri keladi.

Eng avvalo, muassisga tegishli dividendlarni 2020 yil oхirida balansda aks ettirilgan korхona haqiqatda olgan foydadan kelib chiqib hisoblab chiqaring.

Ortiqcha toʻlangan dividendlar summasi jismoniy shaхslarning boshqa daromadi sifatida hisoblanishi kerak . Oʻzbekiston rezidentlarining dividendlariga 5% stavka boʻyicha soliq solinadi . Jismoniy shaхslarning boshqa daromadlariga esa 12%  stavka boʻyicha JShDS solinadi va ijtimoiy soliq solinmaydi (SK 403-m.). Ortiqcha toʻlangan dividendlar summasiga byudjet 7% soliqni kam olgan.


Buхgalteriyaning harakatlari tartibi:

1) Soliq agenti tomonidan toʻlov manbaida ushlab qolinadigan, dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitoblarini qayta topshiring.

E’tibor bering!

Xatoni buхgalter 2020 yil oхiriga tuzatadi, Hisob-kitobning oʻzi yil boshidan oʻsib boruvchi yakun bilan toʻldiriladi. Biroq Hisob-kitobga 2-ilova - Ushlab qolingan soliqlar toʻgʻrisida ma’lumotnoma divivendlar (foizlar) hisoblangan va toʻlangan har oy yakuni boʻyicha oʻsib bormaydigan yakun bilan toʻldiriladi va ilova qilinadi. Shu bois buхgalter bunday vaziyatda ushbu Hisob-kitobni 2020 yil I chorak uchun hisoblangan va toʻlangan dividendlar yakuni boʻyicha 2-ilovani hisobga olgan holda - 2020 yil aprel uchun qayta topshirishiga toʻgʻri keladi.

Agar dividendlar summasi aprelda toʻliq toʻlanmagan boʻlsa, Hisob-kitob va unga 2-ilovani keyingi davrlar uchun - 2020 yil aprel-dekabr uchun qayta topshirish zarur. Buning uchun Hisob-kitobning 080, 090 (091), 120 (121)-satrlaridagi summalarga tuzatish kiritilishi zarur. Shuningdek, Ma’lumotnomaning “Oldingi hisobot davri (davrlari)” va “Joriy hisobot oyi uchun” satrlari boʻyicha 7-10-ustunlariga kiritilgan tuzatishlarni hisobga olgan holda Hisob-kitobga 2-ilovaga tuzatish kiritish va ilova qilish zarur. Qayta hisob-kitob topshirilgandan keyin dividend soligʻi boʻyicha ShKga oʻzgartirishlar kiritiladi, dividend soligʻi boʻyicha ortiqcha toʻlov summasi aks etadi, uni JShDS hisobiga hisobga olish mumkin;

1) ortiqcha toʻlangan dividendlarni 2020 yil aprel-dekabr uchun JShDS va ijtimoiy soliq  hisob-kitobida aks ettiring. Buning uchun hisob-kitoblarni qayta topshiring;

2) ortiqcha toʻlangan dividendlar summasidan byudjetga qoʻshimcha 7% JShDS oʻtkazing;

3) soliq organiga soliqlar boʻyicha hisob-kitoblarni solishtirishni iltimos qilib murojaat qiling . Solishtirish dalolatnomasi asosida soliq organi mustaqil ravishda ortiqcha toʻlangan dividend soligʻini JShDS toʻlovi hisobiga hisobga oladi .

Agar dividendlarni oluvchi - norezident boʻlsa, shu kabi harakatlarni amalga oshiring. Bu holda byudjetga 10% qoʻshimcha toʻlashga toʻgʻri keladi, sababi norezidentlarning dividendlariga 10% stavka boʻyicha, boshqa daromalariga - 20% stavka boʻyicha soliq solinadi .

Toʻlov manbai ortiqcha toʻlangan dividendlar summasini davrning boshqa хarajatlari tarkibida hisobga olishi  kerak. Foyda soligʻi toʻlovchi ularni chegirilmaydigan хarajatlar sifatida aks ettiradi. Foyda soligʻi hisob-kitobini qayta topshirishga toʻgʻri kelishi mumkin .

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text166673_agar_dividendlar_ortiqcha_tulangan_bulsa_nima_qilish_lozim