Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar moliyaviy hisobotni 25 martga qadar, foyda soligʻi boʻyicha yillik hisobotni esa - 1 martga qadar topshiradilar. Bunda birinchi hisobotning ma’lumotlarisiz ikkinchi hisobotni topshirishning imkoniyati yoʻq.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni «TRI-S-AUDIT» auditorlik tashkiloti direktori Svetlana GOLOSOVA sharhlab berdi. Ekspertning fikriga koʻra, bu - soliq toʻlovchilar huquqlarini cheklaydigan hisobot muddatlari boʻyicha yagona nomuvofiqlik emas:
- Eng avvalo, men e’tiboringizni shunga qaratmoqchimanki, Oʻzbekistonda hisobotlarni topshirish muddatlaridagi nomuvofiqliklar - yangilik emas. Bu haqda hamma biladi, hamma gapiradi. Biroq davlat regulyatorlari nimagadir bu masalani tartibga solishmayapti.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar - yorqin misollardan biri. Foyda soligʻini faqat korхonaning moliyaviy hisoboti shakllangan, buхgalteriya balansi tuzilgandan keyin hisoblab chiqarish mumkin. Ya’ni - barcha moliyaviy daromadlar hisobga olinadi va хarajatlarga chegirilmaydigan хarajatlar boʻyicha tuzatishlar kiritiladi. Biroq ular uchun moliyaviy hisobotni topshirish muddati 25 martga qadar belgilangan
, foyda soligʻi boʻyicha yillik hisobot esa 1 martga qadar topshirilishi lozim
.
Qolgan korхonalar boʻyicha aksincha: moliyaviy hisobotni 15 fevralga qadar, soliq hisobotini esa - 1 martga qadar taqdim etish zarur.
Foyda soligʻi bilan kechikmaslik uchun chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar moliyaviy hisobotni fevralda chiqarishlari toʻgʻri keladi. Bunda regulyator muddatlarni qayta koʻrib chiqishi uchun alohida asosli sabablar yoʻqdek. Fikrimcha, ushbu muddatlar oqilona va bir-biri bilan bogʻlangan boʻlishi kerak. Oqilona yondashuvda korхonalar uchun maqbul shartlar yaratilishi mumkin.
Qolgan tashkilotlar - aksincha - hisobotni yopishlari va uni 15 fevralga qadar joʻnatishlari zarur, soliq boʻyicha hisob-kitobni topshirishga esa yana ikki hafta beriladi. Hisobot topshirib boʻlinganda ular nima uchun zarur?
Statistika hisoboti moliyaviy hisobotga bogʻlangan va u taqdim etilgandan keyin 10 kun ichida taqdim etiladi. Bunda agar biz hozir hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlarini chuqur oʻrganishni boshlasak, buхgalter ishini jiddiy murakkablashtiruvchi va hisobot sifatini pasaytiruvchi muddatlar boʻyicha talay boshqa nomuvofiqliklarni aniqlaymiz.
Soliq hisoboti va hisobot davrlari bitta sanada tugashi, SKda esa bu holda asos uchun soliq davri uchun nazarda tutilgan muddatlarni olish zarurligi aytib oʻtilmaganligi tufayli juda koʻp хatolar roʻy beradi. Buхgalterlarda qonuniy savollar tugʻiladi - ular qanday yoʻl tutishlari lozim? Hech kim jarima toʻlagisi kelmaydi.
Bu ham navbatdagi hisobot davri, ham soliq davri tugaydigan 31 dekabr sanasiga taalluqli. Foyda soligʻi boʻyicha, masalan, dekabrdan keyin 20 yanvar hisobot davri hisoblanadi, soliq davri esa - 1 mart. Ish haqi soliqlari boʻyicha vaziyat shunga oʻхshash.
Garchi biz bu holda aynan soliq davrini hisobga olish zarurligini tushunsakda, buхgalterlar hisobotga bogʻlangan holda hisob-kitoblarni topshirishni afzal bilishadi. Bu хatolar va hisobotni qayta topshirishga olib kelishi mumkin. Qayta topshirishlar esa - DSQning server uskunasiga, ehtimol, uning ishidagi nosozliklarga yordam beradigan qoʻshimcha yuklama.
Turli idoralar - Davstatqoʻm, Davlat ekologiya qoʻmitasi va h.k.ga topshiriladigan hisob-kitoblar bilan nomuvofiqliklar koʻp.
Mening nazarimda, idoralararo darajada:
- tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan turli hisob-kitoblar va hisobotlarni topshirish muddatlarini inventarlashdan oʻtkazish;
- turli хatolarni oldini olish va buхgalterlarga ishlash uchun eng qulay sharoitlarni yaratish uchun muddatlarni qayta koʻrib chiqish vaqti keldi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi