Uzaytirilgan imtiyozlar qanday qoʻllaniladi

preview

Prezidentning 09.02.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash uchun vakolatli organlarning tushuntirishlari talab etiladi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi:


– Farmon turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari uchun soliq imtiyozlarining amal qilishini 2021 yil uchun uzaytiradi. Ilgari ushbu imtiyozlar 2020 yil yakuniga qadar taqdim etilgandi. Gap quyidagilar haqida bormoqda:

  • foyda soligʻi stavkasini 50%ga kamaytirish;
  • yer soligʻi va yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilish;
  • ijtimoiy soliqning kamaytirilgan 1% miqdoridagi stavkasi.

Soliq hisoboti tizimiga ushbu imtiyozlar hali kiritilmagan. Oʻzgartirishlarni dasturga kiritish uchun soliq organlariga vaqt talab etiladi.

Shuningdek, vakolatli organlar - Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining ushbu imtiyozlarni qoʻllash tartibi boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlari zarur.

Agar ushbu imtiyozlar yangi imtiyozlar sifatida koʻrib chiqiladigan boʻlsa, SKning 4-moddasini qoʻllash oʻrinli boʻladi. Shunda ushbu imtiyozlar 1 martdan boshlab qoʻllaniladi, buхgalterlar qayta hisob-kitob qilishlari kerak boʻlmaydi.

Biroq Farmonda uzaytirish haqida soʻz yuritilmoqda... Hujjatning matnidan kelib chiqadiki, tadbirkorlik sub’yektlari ushbu imtiyozlarni yanvarda ham, fevralda ham, ya’ni - 2021 yil 1 yanvardan boshlab qoʻllashlari mumkin. Buning uchun yanvar uchun soliqlar boʻyicha hisob-kitoblarni qayta topshirishga toʻgʻri keladi. Biroq buning uchun dastlab SKning 483-moddasiga oʻzgartirishlar kiritish zarur.

Rasmiy tushuntirishlarni kutamiz.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Imtiyozlar Imtiyozlar Imtiyozlar /oz/publish/doc/text167274_uzaytirilgan_imtiezlar_qanday_qullaniladi1