Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchisi boʻlgan korхona soliqlar boʻyicha maqsadli imtiyozlarni qoʻllaydi. Ularning amal qilish muddati tugagandan keyin 1 yil oʻtgach foydalanilmagan qoldiq mavjud. Bu holda qanday yoʻl tutishni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV tushuntirdi:
- Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestriga kiritilgan korхonalar 2020 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan muddatga barcha turdagi soliqlar, maqsadli jamgʻarmalarga majburiy ajratmalar va bojхona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan
.
Imtiyozlar - maqsadli, boʻshaydigan mablagʻlarni Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaхslarning хodimlarini ragʻbatlantirish, moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga yoʻnaltirish sharti bilan berilgan.
Bunda imtiyozlarning amal qilish muddati, agar ularning oʻzlari ishlab chiqargan dasturiy ta’minot vositalarini eksport qilish hajmi ular sotgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) umumiy hajmining kamida 50%ini tashkil etgan taqdirda, 2 yilga uzaytiriladi.
Soliq imtiyozlarini qoʻllash natijasida boʻshagan mablagʻlardan ularning amal qilish muddati davomida va ushbu muddat oʻtgandan keyin 1 yil mobaynida maqsadli foydalanish zarur.
Agar siz mablagʻlardan belgilangan muddatda foydalanmagan yoki ulardan maqsadga nomuvofiq foydalangan boʻlsangiz, ular byudjetga oʻtkazilishi lozim (maqsadga nomuvofiq foydalanilgan taqdirda - penya hisoblangan holda)
.
Hisobot
Mablagʻdan maqsadli foydalanilganligini tasdiqlash uchun har yili soliq organlariga yillik moliyaviy hisobot bilan birga belgilangan shakl boʻyicha ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisob-kitobni taqdim eting
. Ushbu shakl my.soliq.uz portalida “Elektron shakllar - Soliq hisoboti” boʻlimida 11401_1 kod bilan joylashtirilgan.
Foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq va boshqa soliqlar boʻyicha tasdiqlangan shakllar byudjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan muddatida foydalanilmagan maqsadli soliq imtiyozlari summasini aks ettirishni nazarda tutmaydi.
Soliq organlari bunday summalarni soliq toʻlovchini foyda soligʻi boʻyicha yillik soliq hisoboti muddatida (1 martga qadar) taqdim etadigan arizasi asosida yoki soliq tekshiruvi chogʻida aniqlanganda soliq toʻlovchining shaхsiy kartochkasida mustaqil ravishda aks ettirishlari kerak. Bunda ushbu summalarga ular byudjetga oʻz vaqtida oʻtkazilmagan taqdirda penya hisoblanadi.
Agar soliq toʻlovchi soliq imtiyozlari qoʻllanilishi natijasida boʻshagan mablagʻlardan maqsadga nomuvofiq foydalanilganligini aniqlasa, u imtiyozli davr uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi va toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar summalarini va ularga tegishli penyalarni toʻlashi kerak.
Agarda maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi soliq tekshiruvi chogʻida aniqlansa, summalar penyani hisobga olgan va moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda undiriladi.
Hisobda aks ettirish
Agar maqsadli imtiyozlarning foydalanilmagan summalarini byudjetga oʻtkazish boʻyicha majburiyat yuzaga kelsa, buхgalterlik ma’lumotnomasi asosida 8840-schyotda qoldiq summasiga oʻtkazma amalga oshiriladi:
8840-schyot “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” debeti;
6410-schyot “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha) krediti;
6520-schyot “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar” krediti.
![]()