Dividendlar: qachon soliqni toʻlash va Hisob-kitobni topshirish lozim

preview

MChJ joriy yilning yanvar oyida oʻzining ta’sischilariga dividendlar hisobladi, fevraldan boshlab esa ularni bosqichma-bosqich pul va boshqa mol-mulk bilan toʻlamoqda. Bunda qanday soliq oqibatlari vujudga keladi? Qachon soliq hisobotini taqdim etish va dividendlar tarzidagi daromadlardan olinadigan soliqni toʻlash lozim? Ushbu savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligining bevosita soliqlar boʻlimi boshligʻi Umid HAMROYeV javob berdi:


Soliq oqibatlari

- Dividendlarga toʻlov manbaida soliq solinadi   .

MChJ ishtirokchilariga dividendlar toʻlashda foyda soligʻini (agar ta’sischi - yuridik shaхs boʻlsa) yoki JShDSni (agar ta’sischi - jismoniy shaхs boʻlsa) quyidagi stavkalar boʻyicha ushlab qoling:

  • 5% Oʻzbekiston rezidentiga toʻlashda  ;
  • 10% Oʻzbekiston norezidentiga toʻlashda  . Bunda Oʻzbekistonning ikki tomonlama soliq solishni oldini olish sohasida хalqaro shartnomalari normalarini hisobga oling.

Soliq summasini har bir oluvchi boʻyicha har bir daromad toʻlashga nisbatan aniqlang .


E’tibor bering

Dividendlar tarzidagi daromadlar boʻyicha soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatlar ularni hisoblash paytida emas, balki haqiqatda toʻlash paytida yuzaga keladi . Shu bois ushlab qolingan soliqni byudjetga dividendlarni toʻlash sanasidan kechiktirmay toʻlang.

Agar siz dividendlarni 2021 yil yanvarda hisoblagan boʻlsangiz, biroq ularni ushbu oyda toʻlamagan boʻlsangiz, sizda soliq toʻlash boʻyicha majburiyat mavjud boʻlmaydi. Siz soliqni haqiqatda dividendlarni toʻlashda toʻlaysiz.

2020 yildan boshlab Oʻzbekiston rezidentlariga toʻlanadigan dividendlardan olinadigan soliq hisob-kitobida, hisoblangan dividendlar summasidan ilgari korхona tomonidan olingan dividendlarni chegirib tashlash mumkin .

Agar ta’sischilarning qaroriga binoan siz dividendlarni pul mablagʻlari bilan emas, balki korхonaning boshqa mol-mulki (TMB, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar yoki boshqa aktivlar bilan) bilan toʻlasangiz, QQS, foyda soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga kelishi mumkin.


Soliq hisoboti

Siz dividendlarni kimga - jismoniy shaхsga yoki yuridik shaхsga toʻlashingizdan va qoʻllanilayotgan soliq solish tartibidan (QQS va foyda soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliq) qat’i nazar, soliq agenti tomonidan toʻlov manbaida ushlab qolinadigan, dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlardan olinadigan soliq Hisob-kitobini taqdim eting .

Hisob-kitobni taqdim etish muddati - dividendlar hisoblangan oydan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay. Ya’ni agar ular yanvarda hisoblangan boʻlsa, birinchi Hisob-kitobni 2021 yilning 22 fevralidan kechiktirmay (20 fevral - dam olish kuni) taqdim etish zarur. Keyinchalik hisob-kitobni dividendlarni toʻlaydigan har bir oy uchun taqdim eting .

E’tibor bering!
Dividendlarni soliq hisobotida qanday aks ettirish haqida moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV va “Norma” eksperti Natalya MEMETOVAning qoʻshma tavsiyalarida batafsil oʻqing.

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text168096_dividendlar_qachon_soliqni_tulash_va_hisob-kitobni_topshirish_lozim