Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Kecha - 15 mart kuni soliq toʻlovchilar yana “Tuzatilgan” turidagi EHFni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlishdi. DSQ huzuridagi «Yangi teхnologiyalar» IAMda ma’lum qilishlaricha, bunday elektron hisobvaraq-fakturani faqat joriy hisobot oyi uchun - keyingi oyning 20 sanasiga qadar (20 sana ham kiradi) taqdim etish mumkin. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi.
«Yangi teхnologiyalar» IAMda aniqlashtirishlaricha, hozirgi vaqtda tuzatilgan EHFni faqat fevral uchun taqdim etish mumkin.
Savollar tugʻiladi:
- Ushbu norma soliq davri - chorak boʻlganlar uchun qanday qoʻllaniladi?
- Agar soliq toʻlovchi yanvar yoki ancha erta davr uchun hujjatlarda хatoni aniqlagan boʻlsa, nima qilish lozim?
Ushbu savollarga javoblar, afsuski, yoʻq.
Bundan tashqari, bunday tartib soliq toʻlovchilarga SKning 257-moddasi va Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom bilan taqdim etilgan huquqlarni toʻliq hajmda amalga oshirish imkonini bermaydi. Tuzatilgan hisobvaraq-faktura SKning 88-moddasiga muvofiq da’vo qilish muddatlari mobaynida rasmiylashtiriladi.
Umid qilamizki, mazkur mavzu boʻyicha ushbu va boshqa savollarga javoblar DSQ tomonidan soliq maslahatchilari, auditorlar va biznes vakillari ishtirokida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan EHF muammolari boʻyicha “davra suhbati”da olinadi.
![]()