Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobining yangi shaklini toʻldirishda buхgalterni nima kutmoqda
Yana bitta yangilik: my.soliq.uz da Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobining yangi shakli paydo boʻldi, shakl kodi 10104_24. Va u bilan muammolar yuzaga kelishi mumkin. Buxgalter.uz bu borada sharhlar oldi:
Hisob-kitobning yangi shaklida toʻldirish tartibi va satrlarning oʻzi biroz oʻzgardi. DSQ yoʻriqnomalarida bu haqda batafsil oʻqing (oʻzbek tilida - bu yerda, rus tilida - bu yerda).
Eslatib oʻtamiz, 2021 yil I chorak uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlash muddati - 2021 yil 15 apreldan kechiktirmay
.
Koʻp buхgalterlar ushbu hisobotni toʻldirishga urinib koʻrishdi va hisobda jiddiy хatoga duch kelishdi. Muammoni soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA sharhlab berdi:
- 2021 yil I chorak uchun aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi shakliga oʻzgartirishlar kiritildi. Endi 1-ilova “Umumiy daromad” avtomatik tarzda shakllantiriladi, unga EHF tizimidan barcha sotishlar kelib tushadi.
Bunda eng asosiy kutilmagan yangilik shundan iboratki, ular boʻyicha EHF mavjud boʻlmagan barcha daromadlarni dastur хato sifatida hisoblaydi. Shu jumladan - foizsiz qarzlar boʻyicha foizlar, kreditorlik qarzini hisobdan chiqarish, kursdagi farqdan olingan daromad va ularga EHF yozilmasligi uchun QQS boʻyicha aylanma deb e’tirof etilmaydigan va tushum hisoblanmaydigan boshqa daromadlar
. Xato faqat EHF yozilgandan keyin tizimdan ketadi.
Oʻylaymanki, bu - regulyatorning (DSQ) хatosi, sababi ushbu daromadlar QQS boʻyicha aylanma deb e’tirof etilmaydi.
Tatyana LIMAREVA,
Saida JONIZOQOVA