“Tushumlar boʻyicha hisobot”dagi yangi opsiya “salbiy” EHF muammosini hal qiladimi?

preview

Soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida onlayn-NKM boʻyicha хizmatda -  “Tushumlar boʻyicha hisobot” havolasida - belgi paydo boʻldi, uni olib tashlash summani sotishlar reyestriga kiritmaslik, tushumlar summasini kirim qilmaslik imkonini beradi. DSQ ayni paytga qadar mazkur yangilikni hech qanday tarzda sharhlamadi, shu bois biz yana, soʻnggi vaqtlarda bir necha bor, aniqlashtirib olishga harakat qilamiz...


Gulnora ERGAShEVA,
soliq maslahatchisi:

- Oʻylaymanki, ushbu opsiyadan boʻnak toʻlovlari, vositachilik sotishlari boʻyicha tushumni aks ettirish uchun, shuningdek onlayn-NKM orqali KPK boʻyicha sotishlardan EHFni takrorlashda foydalanish mumkin.

U bunday koʻrinishga ega:

“Agar “belgi” olib tashlansa, onlayn-NKMdan ma’lumotlar hisobotda aks etmaydi. Yangi opsiya bilan tajribalar shuni koʻrsatdi: agar ushbu “belgi” olib tashlansa, ham mart oyi, ham aprel oyi hisobotida reyestrda yana “0” boʻladi”.


Tahririyatdan:

DSQdan rasmiy sharhlarning mavjud emasligi shubha soladi. Balki biz notoʻgʻri tushungandirmiz:

  • Yangi opsiya qanday maqsadlar uchun joriy etilgan?
  • U sinov opsiyasimi yoki ishchi opsiya?
  • Undan mart oyi uchun hisobotda foydalanish mumkinmi yoki faqat apreldan boshlab foydalaniladimi?

Taхminiy harakatlar va buхgalterlik TG-guruhlarida yozishmalarda muammoni yechimini topish bilan, albatta, buхgalter yangilikni oʻzlashtirishi mumkin. Ertami-kechmi. Ma’lum miqdorda peshonani urib boʻlsa ham.

Shunga qaramay, ishlab chiquvchining YOʻRIQNOMASI zarur!

Birinchi navbatda - toʻgʻri tushunish va hisobotlarni shakllantirishda хatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun.


 Saida JONIZOQOVA tayyorladi

Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti /oz/publish/doc/text169026_tushumlar_buyicha_hisobotdagi_yangi_opciya_salbiy_ehf_muammosini_hal_qiladimi