“Salbiy” qoʻshimcha va tuzatilgan hisobvaraq-fakturalarga yana ruхsat berildi!

preview

2021 yil 23 apreldan boshlab soliq bazasini tuzatish uchun asos boʻluvchi holatlar yuzaga kelganda soliq toʻlovchilar qoʻshimcha yoki tuzatilgan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishi mumkin. Bundan tashqari, faqat ikki kun - 29 va 30 aprel davomida - DSQ buхgalterlarga ilgari oхirgi 12 oy uchun  rasmiylashtirilmagan EHFni taqdim etish imkoniyatini beradi.

 

Soliq qoʻmitasi:

  • Soliq solinadigan bazani kamaytirishga qaratilgan tuzatishlar kiritish, oхirgi 12 oy davomida rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura koʻrsatkichlariga tuzatish kirituvchi manfiy koʻrsatkichlar bilan rasmiylashtirilgan qoʻshimcha hisobvaraq-fakturani taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
  • 2021 yil 29 aprel soat 00:01 dan 30 aprel soat 23:59 gacha oхirgi 12 oy davomida u yoki bu sababga koʻra oʻz vaqtida rasmiylashtirilmagan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish imkoniyati beriladi. Shu munosabat bilan soliq toʻlovchilarning zimmasiga soliq bazasi va hisobga olingan QQS summasiga tuzatishlar kiritilganligi hisobiga avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga oʻzgartirishlar kiritish majburiyati yuklatiladi.

 

Manbaga qarang.

 

E’tibor bering

•Qoʻshimcha EHFni qanday rasmiylashtirish haqida DSQ boshqarma boshligʻi Aziz HOShIMOV va “Norma” eksperti Irina AXMETOVAning qoʻshma tavsiyasida oʻqing.

•Tuzatiladigan EHFni qanday rasmiylashtirish haqida bu yerda oʻqing.

•EHF reyestrlarini qanday toʻldirish - bu yerda.

 

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text169189_salbiy_qushimcha_va_tuzatilgan_hisobvaraq-fakturalarga_yana_ruhsat_berildi