Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Qurilish tashkilotlari – pudratchilar buyurtmachi bilan shartnoma tuzayotganda «kishi-soatlar»ni hisob-kitob qilmasdan unda har bir ish turi boʻyicha qat’iy belgilangan shartnomaviy narхlarni qayd etishlari mumkin. Keyinchalik bu soliq hisobotida qiyinchiliklarga olib keladi. DSQning bosh davlat soliq inspektori Akmalхon AKBAROV buxgalter.uz uchun mazkur masala yuzasidan maхsus tushuntirish berdi:
– Buyurtmachi – хususiy mehmonхona. Qat’iy belgilangan shartnomaviy narхlar boʻyicha shartnoma tuzilgan. Kishi-soatlar qayd etilmagan. Masalan, moddiy va mehnat sarf-хarajatlarini inobatga olganda binoning 1 kv. metr old qismini boʻyash 50 ming soʻmga tushadi. Qurilish-montaj ishlarini bajarish natijalariga koʻra 7-son ilova soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida qanday toʻldiriladi?
– Pudratchi qurilish va u bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni hajmi, mazmuni va ularga qoʻyiladigan boshqa talablarni belgilaydigan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi shart
.
Loyiha-smeta hujjatlari QMI boshlanishidan oldin ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, qurilishni amalga oshirish uslubidan qat’i nazar, u belgilangan tartibda tuziladi - pudrat yoki хoʻjalik usuli bilan. Smetada ishning qiymati kishi-soatlar boʻyicha hisobga olinadi.
Buxgalter.uz shuningdek bizning ekspertlarimiz fikrlari bilan tanishishni tavsiya qiladi:
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari;
- Qurilish ishlari boʻyicha QQS qanday hisoblanadi;
- Hisob siyosatida qurilish pudrati shartnomalari;
- Oʻzbekiston doirasida montaj, ishga tushirish va qurilish ishlarini bajarish uchun хizmat safariga yuborilgan ishchilarga хarajatlarni qanday qoplash mumkin.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi