Oʻsimlik yogʻi boʻyicha imtiyoz qanday qoʻllaniladi

preview

1 maydan boshlab oʻsimlik yogʻlari va ularning urugʻlarini import qilish, ishlab chiqarish va aylanmasi uchun QQS toʻlash boʻyicha imtiyoz kuchga kirdi . Uni qanday qoʻllashni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA gapirib berdi.


– Oʻsimlik yogʻini ishlab chiqaruvchilar va realizatsiya qiluvchilar QQS summasiga SKning 269-moddasiga binoan 01.05.2021 yil holati boʻyicha tuzatish kiritishni unutmang.

2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, shuningdek soya danagini import qilish, shuningdek oʻsimlik yogʻini (paхta yogʻidan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma QQS toʻlashdan ozod etilishi bois:

1) tovar qoldiqlarini inventarizatsiyadan oʻtkazing;

2) ilgari hisobga olingan QQS summasini QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning 0132-satrida aks ettiring.

Manbaga qarang.


Buxgalter.uz tavsiya qiladi:

Imtiyozlar Imtiyozlar Imtiyozlar /oz/publish/doc/text169576_usimlik_egi_buyicha_imtiez_qanday_qullaniladi