Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Soliq monitoringi - bu tadbirkor va soliq organlari oʻrtasidagi ochiqlikka asoslangan oʻzaro manfaatli hamkorlik evaziga soliq tekshiruvlari oʻtkazilishidan xalos boʻlish.
Bu - faqat soliq toʻlovchining tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan soliq nazoratining yagona turi. Ammo hamma tashkilotlar emas, balki oldingi yil uchun daromadlari yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlariga koʻra kamida 10 mlrd soʻmni tashkil etgan yirik korxonalar uning ishtirokchilari boʻla olishadi.
.
Bir xususiyat bor: soliq monitoringi ishtirokchisiga aylanish istagini bildirgan korxona, boshqalar qatorida, bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etadigan hamda bunday ishtirok ulushi 25 foizni tashkil etadigan jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi ma’lumot taqdim etishi shart
.
Soliq monitoringini boshlagan korxonaning afzalliklari nimada:
- soliq monitoringida oʻz xohishiga koʻra ishtirok etish;
- soliq organlari bilan avtomatlashtirilgan hamkorlik;
- soliq organlari bilan ochiq muloqot va asoslantirilgan fikrni olish;
- amalga oshirilgan va rejalashtirilgan bitimlar boʻyicha asoslantirilgan fikrini soʻrab olish imkoniyati;
- nazorat tadbirlari hajmi va tasdiqlangan dastlabki hujjatlar sonining qisqarishi;
- soliq organlari faoliyati shaffofligi;
- soliq organlari bilan onlayn rejimda muammolarni tartibga solish imkoniyati mavjudligi sababli, tavakkalchiliklarning oldini olish;
- soliqqa tortishning murakkab masalalari boʻyicha noaniqliklar va nomuvofiqliklarni bartaraf etish;
- shtraf va penyalarni yoʻqligi;
- soliq tekshiruvlari oʻtkazilishidan xalos boʻlish (kameral va sayyor tekshiruv, soliq auditi);
- soliq tekshiruvlari oʻtkazilishi bilan;
- soliq toʻlovchi uchun bu ularning qonunga boʻysunishini va halolligini isbotlash uchun imkoniyatdir;
- QQSning oʻrnini qoplashning tezlashtirilgan tartibi
.
Ta’kidlash joizki, asoslantirilgan fikr, sinovdan oʻtgan tekshiruvchilar va tekshiriluvchilar oʻrtasidagi muloqot vositalaridan biri sifatida, muloqotning doʻstona shakli hisoblanadi. Undan choʻchimaysiz. Bunday hujjat talabdan farqli oʻlaroq tahdid solmaydi, qoʻshimcha hisoblashlar va jarimalar ishlarida koʻrsatma va yordamga oʻxshaydi.
Asoslantirilgan fikr - ikki tomon tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Uni korxonaga soliq organi oʻz tashabbusi bilan yuboradi va uni soliq toʻlovchining oʻzi ham soʻrab olishi mumkin.
Ammo me’yoriy hujjatlardagi turlicha talqin sababli bitta noaniqlik mavjud. Hozirgi vaqtda u qanday holatlarni aks ettirishi kerakligini aniq aytish mumkin emas.
SKning 174-moddasi 8-qismiga muvofiq asoslantirilgan fikr taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrov soliq toʻlovchi xoʻjalik faoliyatining sodir etilgan faktlari natijalariga koʻra soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligiga nisbatan shubhalar yoki noaniqliklar boʻlgan taqdirda soliq organiga yuborishi mumkin. Ya’ni – qilib boʻlingan ishlar haqida. Ammo soliq organining asoslantirilgan fikrni taqdim etish uchun tasdiqlangan soʻrov shakli nafaqat tugallangan, balki rejalashtirilgan operatsiya yoki bitim boʻyicha tavsiyalar olishni anglatadi. Korxona xoʻjalik huquqiy munosabatlarga muayyan kirishdan oldin, birinchi navbatda, ular uchun asosli fikr orqali soliq organining nuqtai nazarini soʻrashi mumkinligi, noma’lumligicha qolmoqda.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerak: agar soliq monitoringi faqat soliq toʻlovchining xohishiga binoan boshlanadigan boʻlsa, unda soliq toʻlovchining oʻzi ham, soliq organi ham uni tugata oladi. Toʻgʻri, bu variant faqat soliq toʻlovchi tomonidan buzilishlar boʻlgan taqdirda boʻlishi mumkin
:
- axborotga doir hamkorlik reglamenti korxona tomonidan buzilganganda, agar bunday ijro etmaslik soliq monitoringini oʻtkazish uchun toʻsiq boʻlsa;
- soliq organi tomonidan soliq monitoringini oʻtkazish chogʻida yuridik shaxs tomonidan ishonchli boʻlmagan axborot taqdim etilganligi fakti aniqlanganda;
- korxona soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida hujjatlarni, axborot, yoki oʻz tushuntirishlarni soliq organiga muntazam ravishda ikki marta va undan ortiq taqdim etmasa.
Soliq monitoringi natijalariga shikoyat yoʻq. Uning natijasi - asoslantirilgan fikr hisoblanadi. Asoslantirilgan fikrdan norozi boʻlganingizda, kelishmovchilik sabablarni keltirasiz. Ularni olgandan soʻng, inspektorlar DSQda oʻzaro kelishuv tartib-taomilini oʻtkazadilar
. Oxirgisi, oʻz navbatida, uning qarori bilan asoslantirilgan fikrni oʻzgartirish yoki oʻzgarishsiz qoldiradi. Agar yakuniy asoslantirilgan fikrda koʻrsatilgan shartlarning barchasi bajarilmasa, Solik kodeksida belgilangan tartibda soliq nazorati tadbirlari oʻtkaziladi
.
Shunday qilib, agar siz soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi, soliq imtiyozlari va preferensiyalarining real vaqt rejimida qoʻllanilishiga ishonch hosil qilishni istasangiz, soliq nazorati ushbu muammolarning barchasini hal qilishga imkon beradi.
Eleonora MAZUROVA,
advokat, “Norma” eksperti